So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

Petr Zelinskiy championat.asia muxbiriga: "Ertadan Argentina haqida o'ylay boshlaymiz" Yangiliklar

Petr Zelinskiy championat.asia muxbiriga: "Ertadan Argentina haqida o'ylay boshlaymiz"

Polsha terma jamoasi azosi Petr Zelinskiy Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin championat.asia saytiga intervyu berdi.

- O'yin hakida qisqacha fikrlaringiz?

- Birinchi navbatda shuni aytib o'tmoqchimanki, men o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdim va hozirgi vaqtda ideal formadan, bugun yaxshi o'ynadim, shu sabab baxtliman.

Biz ajoyib ishlar qilyapmiz, endi esa men o'sha ishlarni shu erda bajara olaman, yani terma jamoada, men hohlagan vaqtgacha o'ynay olaman chunki xammasi o'zgardi.

- Terma jamoada siz yuklatilgan masuliyat kattadek? Asli dam ham shundaymi? "Napoli"dagi yaxshi o'yinlar bunga sabab va terma jamoadagilar ham huddi shunday yaxshi uynashingizni xohlashadi, terma jamoamizda faqat yulduz futbolchilar emas, ko'pgina boshqa o'yinchilar ham bor va ular ham jamoaga katta hissasini qo'shishadi...

- Hammasi tug'ri, hozircha bizda bu masalada bizda hammasi yaxshi.

- Bu gol sizga qanchalik ahamiyatli, ayniqsa birinchi uchrashuvdan keyingi terma jamoaga yog'ilgan tanqidlardan so'ng?

- Menimcha bu engillik hissi edi. Biz birinchi uchrashuvda yomon ishtirok etmadik, chunki qiyin raqib Meksika bilan zo'r o'ynadik, lekin har doim tanqid bor. SHuning uchun u bizga bog'liq narsa emas, men juda hursandman, bugun gol urganim uchun. Biz g'alaba qozondik va yoshlikdagi orzuim amalga oshdi, shu sabab men xursandman.

- Argentina bilan bo'ladigan bahsga tayyormisizlar, ularni o'rganib chiqdinglarmi?

- Mening eng sevimli jamoalarimdan biriga qarshi o'ynashga to'g'ri keladi, Argentinani hali o'rganib chiqmadik, chunki Meksika bor edi, bugun esa Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynadik vaqtimiz yo'q edi, ertadan Argentina haqida o'ylashni boshlaymiz.

- Jamoa qiyin uchrashuvlar o'tkazmoqda, bugun o'yin yaxshi boshlandi lekin keyin golni ko'p kutishga to'g'ri keldi?

- Bunga sabab o'yin boshidagi sekin harakatlarimiz edi, lekin biz raqibni yaxshi o'rgangan edik va shunig uchun 10-15 daqiqadan so'ng nazoratni o'z qo'limizga oldik, keyin esa yaxshi o'yin namoyish eta boshladik. Robert ham golidan so'ng emociyalarini o'shlab tura olmadi va uni ko'rgan boshqa o'yinchilar ham ruhlanib ketishdi. O'chrashuvdan keyin goldan keyingi hissiyotlar aks etgan rasmlarni ko'rdik. Robert uchun jahon chempionati zaif nuqta edi va u uni yopdi.

- Spaletti o'yiningizga qandaydir fikr bildirayaptimi? U sizni tanqid qildimi?

- Murrabiy bilan munosabatlarimiz yaxshi, men undan roziman va u ham mendan rozi. U menga SMS yubordi lekin hali o'qishga ulgurmadim, menimcha u golimdan xursand.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика