So’nggi yangiliklar

13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  0 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  5 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  3 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  9 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  3 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  21 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  2 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  14 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  6 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  15 07:22Бугун ФИНАЛ  13 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1

Peshqadamni yutgan murabbiy, xorvatiyalik legioner va "Aral" posboni - Pro liga 7-tur laureatlari Yangiliklar

Peshqadamni yutgan murabbiy, xorvatiyalik legioner va "Aral" posboni - Pro liga 7-tur laureatlari

Pro liganing 7-turi ortda qoldi. Biz esa o'z odatimizga ko'ra tur laureatlarini elon qilamiz.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi darvozaboni - Nizomiddin Ziyovutdinov ("Aral")

"Aral" jamoasi bu turda mehmonda "Xorazm" bilan kuch sinashdi. SHu kuni mezbonlarning bir nechta xavfli hujumlari golga aylanmadi. Bunda iqtidorli kiper Nizomiddin Ziyovutdinovning hissasi katta bo'ldi.  O'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan kiper tur darvozaboni nomiga munosib ko'rildi.  


"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi futbolchisi - Frane Ikich ("Buxoro")

Turning gollarga boy o'yinlaridan biri "Buxoro" - "Olimpik Mobiuz" o'rtasida bo'lib o'tdi.  Ulug'bek Bakaev shogirdlari raqiblari darvozasiga 4 ta gol urishdi. Ularning 3 tasiga xorvatiyalik himoyachi Frane Ikich mualliflik qildi va xet-trik qayd etdi. O'z-o'zidan tur futbolchisi nomiga "Buxoro" legioneri munosibligini isbotladi.



"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi murabbiyi - Anvar Berdiev ("SHo'rtan")

G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi bu turda o'z maydonida chempionat favoriti "Qo'qon-1912"ni qabul qildi. Garchi tarkib va mahorat borasida mehmonlar ustun bo'lsada, hisobda buning aksi kuzatildi. Maydon egalari raqibiga imkoniyat qoldirmadi va kichik hisobdagi g'alabani tantana qildi. "SHo'rtan" bosh murabbiyi Anvar Berdiev Pro liga 7-turning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика