Peres Xames Rodrigesni qolishini istaydi, ammo Zidan uning ketishiga qarshi emas
15 iyu 2016 10:20
Yangiliklar
Peres Xames Rodrigesni qolishini istaydi, ammo Zidan uning ketishiga qarshi emas
Real ustozi Zinedin Zidan Xames Rodrigesga ishonmay qo'ygan.
Kolumbiyalik futbolchi o'tgan mavsum bosh murabbiy ishonchini yo'qotdi va asosiy tarkibdan tushib qolaverdi. Zidan 25 yoshli futbolchini sotilishiga qarshi emas, biroq klub rahbari Florentino Peresning fikri o'zgacha.
Prezident futbolchiga yana bir bor imkoniyat berilishi tarafdori. Xamesning Realda o'ynashi klub brendining Janubiy Amerikada yanada ommalashuviga sabab bo'lmoqda.
Futbolchi vaziyat qanday yakun topishini kutmoqda va agar kerak bo'lsa boshqa klubga o'tishga tayyor. Xames Rodriges bungacha bir necha bor Realda o'ynashni orzu qilganini malum qilgan.
Fikrlar