So’nggi yangiliklar

01:32Саудия Арабистони чемпионати. Роналду 90+15 дақиқада пенальтидан гол уриб, жамоасига ғалаба тақдим этди  0 01:15АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Челси" ўртасидаги Лондон дербиси тақдирини биттагина гол ҳал қилди  3 23:53Лига 1. ПСЖ 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Ницца"ни мағлуб этди  0 22:14Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Севилья"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда ғалабага эришди, МЮ эса қийинчилик билан дуранг қайд этди  13 21:48Максим Шацких: "Футболчиларимиз учун хурсандман, жамоам кўрсатган ўйин менга ёқди"  7 21:36Исломбек Исмоилов 5 нафар Осиё чемпионини Жаҳон чемпионатига олиб кетмади  10 21:25Суперлига. "Андижон" - "Бухоро" 1:1  0 20:53Александр Хомяков: "Андижон мен учун қадрдон шаҳар, лекин бу ерга ютиш учун келгандик"  12 20:27Ширер "Ливерпул"ни танқид қилди  5 19:34"Женоа" Патрик Вийера билан хайрлашди  0 18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  38 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1 17:39Омар Мармуш: "Бу борада Ҳусанов жамоада энг зўри"  7

Peres: "Futbol xastalangan" Yangiliklar

Peres: "Futbol xastalangan"

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres yana Superliga g'oyasini ilgari surdi.

Peres so'nggi yillarda Evropaning elita futbol klublarini UEFA musobaqalaridan ajralib chiqishga undashda etakchi shaxs bo'lgan va u 2021 yilda taklif qilingan Superliganing raisi bo'lgan.

"Muammoni hal qilish uchun avvalo muammo borligini tan olish kerak", dedi Peres yakshanba kuni klubning umumiy yig'ilishida. “Bizning sportimiz kasal. U global sport sifatidagi etakchiligini yo'qotmoqda.

Yuqori raqobatdagi o'yinlar tomoshabinlarning hayajonini qaytarishga yordam beradi.

Tennisda Nadal va Federer 15 yil ichida 40 marta to'qnash kelgan. Nadal va Jokovich 16 yil ichida 59 ta o'yin o'tkazishdi. Futbolda esa biz 67 yil ichida “Liverpul” bilan atigi 9 marta o'ynadik. Evrokuboklar tarixida “CHelsi” bilan to'rt marta bellashganmiz. Muxlislarni bu o'yinlardan mahrum qilishning qanday manosi bor?”

Biz barcha sport turlari bo'yicha etakchi edik, hozir esa 13-o'ringa tushib qoldik. Futbol boshqa sport va boshqa platformalarga qarshi global kurashda mag'lub bo'lmoqda.

Bizga o'tgan asrda ishlab chiqilgan eski tuzilmalarga asoslanmagan, professional, zamonaviy, shaffof boshqaruv kerak.

Yaqinda Evropa klublari associaciyasi raisi (Pari Sen-Jermen prezidenti Nosir al Xelayfi) Superliga haqida gapirar ekan, “Real Madrid” raqobatdan qo'rqadi deb aytdi. Balki ECA prezidentiga "Real Madrid" qanday klub ekanligini eslatib qo'yish kerakdir. Raqobat bizning DNKimizda bor”, — dedi Peres.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика