Pepe "Real"ning taklifini qabul qilib, Xitoy klubiga o'tmasligi mumkin
21 fev 2017 11:20
Yangiliklar
Pepe "Real"ning taklifini qabul qilib, Xitoy klubiga o'tmasligi mumkin
"Real" himoyachisi Pepe Xitoyning "Xebey CHayna Forchun" klubiga o'tish g'oyasiga shubhalanib qoldi.
Malumotlarga ko'ra, portugaliyalik futbolchining shubhasiga Xitoy chempionatidagi maydonga tushishi mumkin bo'lgan ligionerlar soni kamaytirilishi borasidagi reglament o'zgarishi sabab bo'lgan. Yangi reglamentda faqat uch legioner maydonga tushishi belgilab qo'yilgan. Ayni damda "Xebey CHayna Forchun"da 5 nafar legioner mavjud.
Pepe va "Qirollik klubi" o'rtasidagi bitim 2017 yilning yozida yakuniga etadi. Pepe avvaliga ispan klubi taklifini rad etib kelayotgan edi. Futbolchi "Real" bilan ikki yillik shartnoma imzolashga umid qilmoqda.
Fikrlar