Pep Gvardiola omadsiz mavsum haqida: "Barselona" yoki "Real"da bo'lganimda meni allaqachon ishdan bo'shatishgan bo'lardi"
13 iyu 2025 01:25
Yangiliklar
Pep Gvardiola omadsiz mavsum haqida: "Barselona" yoki "Real"da bo'lganimda meni allaqachon ishdan bo'shatishgan bo'lardi"
Pep Gvardiolaning fikriga ko'ra, agarda Ispaniyada bunday mavsum o'tkazganida allaqachon istefoga chiqarilgan bo'lardi.
"Biz sabrliroq bo'lishimiz kerak. Qarang, Karlo Anchelotti yaqindagina ECHL va LaLigani yutgandi, endi esa Braziliya termasiga ketdi. Bunday natijalar bo'lsa, bizni oktyabr, noyabr yoki dekabr oyida ishdash ketkazishardi, biroq bu Ispaniyada bo'lgan bo'lardi. "Barselona" yoki "Real" bunday holatlarni kechirmaydi. Bu erda esa istefo haqida gap bo'lgani yo'q.
Men doimo ishlarning yaxshi ketishini istayman, biroq bu yil ishlar yomonlashib ketganida men hech nima qila olmadim, hech nima. Bu mening kuchlarimdan ham kattaroq bo'lib chiqdi. Endi barchasi yaxshi ekanligini ko'rsatish kerak. Holatni yaxshilash, barchasini o'zgartirish uchun doimo juda ko'p fikr yurityapman", - dedi "shaharliklar" ustozi.
O’xshash yangiliklar
19:03
"Real" himoyachisi yana jarohat oldi va "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi 1
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar