So’nggi yangiliklar

01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  1 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   9 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  5 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

"Paxtakor"ning sobiq ustozi, Evropa chempioni, Kopa Amerikani yutgan mutaxassis va Ektor Kuper. Osiyo Kubogidagi barcha murabbiylar haqida Yangiliklar

"Paxtakor"ning sobiq ustozi, Evropa chempioni, Kopa Amerikani yutgan mutaxassis va Ektor Kuper. Osiyo Kubogidagi barcha murabbiylar haqida

OFK Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarning qaydnomasini elon qildi.

Biz etiborimizni bosh murabbiylarga qaratdik. Demak, dastlab qaysi jamoada kim bosh murabbiy ekanini eslatib o'tamiz:

Avstraliya - Grem Arnold (Avstraliya)
Bahrayn - Xuan Antonio Picci (Argentina)
Xitoy - Aleksandar Yankovich (Serbiya)
Gonkong - Yorn Andersen (Germaniya)
Hindiston - Igor SHtimac (Xorvatiya)
Indoneziya - SHin Tae Yong (Koreya Respublikasi)
Iroq - Xesus Kasas Garsiya (Ispaniya)
Eron - Amir Galenoi (Eron)
Yaponiya - Xajime Moriyasu (Yaponiya)
Iordaniya - Hussayn Ammuta (Marokash)
Koreya Respublikasi - Yurgen Klinsmann (AQSH)
Qirg'iz Respublikasi - SHtefan Tarkovich (Slovakiya)
Livan - Miodrag Radulovich (CHernogoriya)
Malayziya - Kim Pan Gon (Koreya Respublikasi)
O'mon - Branko Ivankovich (Xorvatiya)
Falastin - Makram Dabub (Tunis)
Qatar - Bartolome Tintin Markes (Ispaniya)
Saudiya Arabistoni - Roberto Manchini (Italiya)
Suriya - Ektor Kuper (Argentina)
Tojikiston - Petar Segrt (Xorvatiya)
Tailand - Masatada Ishii (Yaponiya)
BAA - Paulo Bentu (Portugaliya)
O'zbekiston - Srechko Katanec (Sloveniya)
Vetnam - Filipp Trusse (Franciya)

Osiyo Kubogida eng ko'p murabbiy Xorvatiyadan bo'ladi. Hindiston, O'mon va Tojikiston ustozlari Xorvatiya pasporti bilan ro'yxatdan o'tishgan. Yuqoridagi ro'yxat aynan OFKga taqdim etilgan pasportlar bo'yicha keltirilgan. Masalan, Yurgen Klinsmann germaniyalik ekanini barchamiz bilamiz, biroq u Osiyo Kubogida AQSH pasporti bilan ro'yxatdan o'tgan. Xuddi norvegiyalik Yorn Andersen Germaniya pasporti bilan qayd etilganidek.

Davlatlar bo'yicha
Xorvatiya - 3
Koreya Respublikasi - 2
Argentina - 2
Ispaniya - 2
Yaponiya - 2

Qitalar bo'yicha
Evropa - 13
Osiyo - 6
Afrika - 2
Janubiy Amerika - 2
SHimoliy Amerika - 1

- Faqat uchta terma jamoada mahalliy murabbiy ishlamoqda: Yaponiya, Avstraliya va Eron.

- Hozir ishlayotganlar orasida Vetnam bosh murabbiyi Filipp Trusse bunga qadar Osiyo chempioni bo'lgan yagona mutaxassis hisoblanadi. Franciyalik murabbiy 2000 yilda Yaponiyani chempion qilgandi. Oradan 24 yil o'tib, Trusse yana Osiyo Kubogini qo'lga kiritishga urinib ko'radi.




- Osiyo Kubogida ishlaydigan murabbiylar orasida eng yoshi ulug'i 69 yoshli Branko Ivankovich hisoblanadi. Hozirgi kunda O'mon bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan xorvatiyalik mutaxassis 28 fevral kuni 70 yoshga to'ladi.

- Eng yosh murabbiy esa Iroq ustozi Xesus Kasas. Ispaniyalik mutaxassis 23 oktyabr kuni 50 yoshga to'lgan.

- O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Srechko Katanec 1963 yil 16 iyul kuni tug'ilgan va ayni paytda 60 yoshda.

- Murabbiylar orasida o'zbek futbol muxlislariga juda yaxshi tanish bo'lganlar ham bor. Livan bosh murabbiyi Miodrag Radulovich 2010 yilda bir necha oy davomida "Paxtakor" klubida ishlagandi. Suriya ustozi Ektor Kuper esa 2018-2019 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan.




- Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Roberto Manchini Evropadagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish. U yaqindagina Italiya terma jamoasini Evropa chempioni qilgandi. Koreya Respublikasi ustozi Yurgen Klinsmann esa 2006 yil Germaniya bilan Jahon chempionati bronza medalini qo'lga kiritgandi. Bahrayn ustozi Xuan Antonio Picci esa 2016 yilda CHili bilan birga Kopa Amerika finalida Argentinani taslim qilgan.

- Osiyo Kubogida ishlaydigan murabbiylar orasida ikki nafar mutaxassis 2018 yildan buyon shu terma jamoada ishlab kelishmoqda. Bular Grem Arnold (Avstraliya) va Xajime Moriyasu (Yaponiya). Malumot uchun, Srechko Katanec 2021 yil avgust oyida O'zbekiston milliy terma jamoasida ish boshlagan.

- Miodrag Radulovich 2023 yilning 11 dekabr kuni Livan bosh murabbiyi etib tayinlandi. Yani unda terma jamoani Osiyo Kubogiga tayyorlash uchun bir oy vaqt bo'ldi xolos. Qatar futboli rahbarlari Karlush Keyrushni istefoga chiqargach, 2023 yilning 6 dekabr kuni Tintin Markesni bosh murabbiy etib tayinlashdi.




- O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Srechko Katanec uchinchi marta Osiyo Kubogida ishlaydi. 2011 yilda murabbiy BAA terma jamoasini boshqargan va guruhdan chiqa olmagandi. 2019 yilda Iroq bilan guruhdan chiqib, nimchorak finalda bo'lajak Osiyo chempioni Qatarga yutqazib qo'ygandi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика