So’nggi yangiliklar

09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  1 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  2 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  12 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  8 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  4 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  14 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17

"Paxtakor"ning mavsumdagi umumiy statistikasi FOTO Yangiliklar

"Paxtakor"ning mavsumdagi umumiy statistikasi FOTO

Teglar :  Paxtakor
Toshkentning "Paxtakor" klubi 2017 yilgi mavsum yakunlarini sarhisob qildi va futbolchilar ko'rsatkichlarini taqdim etdi.

Ushbu mavsumda maydonda eng ko'p vaqt o'tkazgan futbolchilar uchligi Vladimir Kozak, Aleksandr Lobanov va Igor Sergeev bo'ldi.

Jami 31 nafar futbolchi murabbiylar tomonidan maydonga tushirildi. Ulardan uch nafari birinchi davradan so'ng jamoani tark etishdi - Adnan Oraxovac, Yurica Bulyat va Xushnud Avilov.

Behruz Sadullaev atigi 12 daqiqa o'ynagan bo'lishiga qaramay, gol urishga ulgurgani etiborga molik. Eng ko'p gol urish borasida Igor Sergeev o'zini ko'rsatdi. U raqiblar darvozasini 13 bor ishg'ol qilishga erishdi. Bezerra ikkinchi davraning o'zida 4 to'p kiritdi. Nurullaev, Kozak va Simich esa uchtadan golni hisoblariga yozib qo'yishdi.

Sariq kartochka olish borasida "rekordchi" Davron Hoshimov bo'ldi. U hakamlar tomonidan 8 marta ogohlantirilgan bo'lsa, Azim Ahmedov hisobida 7 sariq kartochka mavjud. Bir uchrashuvda ikki martadan sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan futbolchilar Lobanov va Tojiev bo'lishdi.

Eng yoshi katta futbolchi jamoa sardori Kamoliddin Tojiev so'nggi marta maydonga tushganda 34 yosh, 6 oy va 16 kunlik bo'lgandi.

Eng yosh o'yinchi sifatida Ibrohim G'anixonov etirof etiladi. "Qizilqum"ga qarshi 3 mart kuni o'tgan bellashuvda u 16 yosh, 7 oy va 16 kunlik edi. G'anixonov oliy liga tarixida 2000 yilda tavallud topgan futbolchilar orasida birinchi marta maydonga tushgan o'yinchi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика