So’nggi yangiliklar

14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  0 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  3 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  2 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  2 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0

"Paxtakor"ning kecha mag'lub bo'lishiga sabab bo'lgan 4 narsa Yangiliklar

"Paxtakor"ning kecha mag'lub bo'lishiga sabab bo'lgan 4 narsa

"Al Ayn"ga qarshi o'yin bo'yicha qisqacha talqin.

Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev "Paxtakor" - "Al Ayn" (0:3) o'yini bo'yicha kichik tahlil tayyorladi. Nega "sherlar" mag'lub bo'lishdi?


1. OFK CHempionlar ligasi – boshqa daraja. Superligada o'yinlar zichligi va tezlik pastroq. "Paxtakor" kecha anchadan beri to'qnash kelmagan qarshilikka duch keldi. "Al Ayn" jismoniy va taktik tomonlama yaxshi tayyor edi va o'z vaziyatlarida yaxshi harakat qildi.

2. Individual xatolar. Har bir gol baribir aniq bir o'yinchilarning xatolari bilan bog'liq bo'ladi, ammo bu kecha yana ham kattaroq ko'zga tashlandi. Birinchi gol bilan vaziyatda Sayfiev orqani tashlab oldinga yugurdi, qanotga esa Stinvorden yaqinlashishga majbur bo'ldi, yakunda himoya markazida faqatgina Tursunov qoldi. Aynan Doston gol urgan "Al Ayn" forvardining yaqin ustunga yaqin kelishida uxlab qoldi. SHundan so'ng o'yin mehmonlarga foyda keltiradigan scenariy ostida kechdi. Ikkinchi gol yana maydon markazida Tursunovning xatosi sabab keldi (uning bu vaziyatda nimani xohlagani umuman tushunarsiz). Uchinchi gol esa forvardning mahorati va Azmiddinovning etarli darajada o'ynay olmagani sababdandir.

3. Murabbiylik qarorlari. Balki Maksim SHackix qo'l ostidagi shtab o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'rmagandir, aniqrog'i esa ular o'yinni o'zgartira olishmadi va "B reja" yo'q edi. SHackix o'yinchilarga dalda berib, ularni ilhomlantira olmadi.

4. Vaziyatlardan foydalanish. Kecha "Paxtakor"dagi barcha muammolarga qaramay, jamoa bunday hisobda yutqazishga loyiq emasdi. Mezbonlar kamida bitta-ikkita gol urishlari kerak edi. Ayrim epizodlarda "Al Ayn" darvozaboni qutqardi, "Paxtakor" futbolchilarining yakuniy qismida esa mahorat etishmadi.


Yuqoridagi barcha faktlar natijaga tasir qildi. "Paxtakor" bunday mag'lubiyatdan so'ng to'g'ri xulosalar chiqarishi va OCHL guruh bosqichining keyingi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi kerak. Guruhdan chiqish uchun imkoniyatlar bor, ammo katta ehtimol bilan ikkinchi bilan.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика