So’nggi yangiliklar

21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  0 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  0 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  10 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  0 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  21 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  12 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   15

"Paxtakor" stadioniga muxlislar tashrifi o'tgan yilga nisbatan 335 foizga o'sdi Yangiliklar

"Paxtakor" stadioniga muxlislar tashrifi o'tgan yilga nisbatan 335 foizga o'sdi

Joriy mavsum "Paxtakor"ning uy o'yinlariga ishqibozlar tashrifi sezilarli darajada ortmoqda.

O'tgan mavsum "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan 14 uchrashuvga jami 58903 nafar muxlis kelgandi. Bu bir o'yinga o'rtacha 4207 nafardan to'g'ri kelgandi. Eng ko'p tomoshabin "Paxtakor" - "Olmaliq" uchrashuvida kuzatilib, unda 11067 nafar ishqiboz o'yinni stadiondan ko'rgandi.

Bu mavsumdan uchrashuvlar targ'iboti va klub rahbariyatining muxlislar bilan faol ishlashga etibor qaratayotgani natijasida ishqibozlar tashrifi o'sganini ko'rish mumkin. Hozircha uy bellashuvlariga o'rtacha 14121 nafardan muxlis to'g'ri kelmoqda. Bu avvalgi yilga nisbatan tashrif 335 (3,35 baravar) foizga o'sganini ko'rsatadi.

2018 yilgi uchrashuvlarga tashrif buyurgan muxlislar soni bilan tanishing:

15026 "Paxtakor" - "So'g'diyona"
12852 "Paxtakor" - AGMK
15023 "Paxtakor" - "Neftchi"
10241 "Paxtakor" - "Qizilqum"
17465 "Paxtakor" - "Navbahor"

"Paxtakor" futbol klubi bundan keyin ham uchrashuvlar oldidan turli ko'ngilochar dasturlarni tashkil etish, yutuqli o'yinlar o'tkazish, ishqibozlarga stadionda o'zlarini qulay his qilishlari uchun keytering xizmati sifatini yaxshilash va boshqa qulayliklar yaratish ustida ishlashda davom etadi, - deb yozadi "Paxtakor" rasmiy sayti. 


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика