"Paxtakor" so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutilib qoldi
08 fev 2024 07:45
Yangiliklar
"Paxtakor" so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutilib qoldi
Birinchi bo'limda yoshlardan iborat tarkib maydonga tushirilgan bo'lsa, tanaffusdan keyin tajribali futbolchilar tushirildi. Birinchi bo'lim oxirida raqib hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda ko'proq hujumlar tashkil qilgan "Paxtakor" hisobni tenglashtirdi. Hamdamovning burchakdan oshirgan to'pini Hamraliev boshi bilan darvozaga yo'lladi. Keyin "Kolos" Diegoning goli evaziga oldinga o'tdi. 90-daqiqada CHerandan to'pni qabul qilgan Saidnurullaev muvozanatni tikladi.
Navbatdagi nazorat bahsi 10 fevral kuni Qozog'istonning "Atirau" klubiga qarshi o'tkaziladi.
"PAXTAKOR" - "KOLOS" (UKRAINA) 2:2
Gollar: Hamraliev 83, Saidnurullaev 90 - Topalov 44, Diego 85.
"Paxtakor": SHevchenko, Todorov, Abdullaev, Pazildinov, Poyonov, Ibraimov, Usmonov, Habibullaev, Merk, Ergashboev, Odilov.
Zaxira: Pavlyuchenko, Ortiqboev, Anvarov, Saitov, Hamraliev, Asqarov, Hamdamov, Saidnurullaev, Sobirxo'jaev, Xoldorxonov, CHeran.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar