"Paxtakor" Sobirxo'jaev va Fayzullaev bilan shartnomani uzaytirdi
27 dek 2022 17:33
Yangiliklar
"Paxtakor" Sobirxo'jaev va Fayzullaev bilan shartnomani uzaytirdi
"Paxtakor" 2 nafar yarim himoyachisi bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo'ldi. Bular – Abbos Fayzullaev hamda Sardor Sobirxo'jaev.
Abbos Fayzullaev bilan shartnoma 2025 yil oxirigacha uzaytirildi. "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi yana uch yil mobaynida jamoa sharafini himoya qilishda davom etadi. Hujumkor yarim himoyachi hozirgacha "sherlar" tarkibida 35 uchrashuvda 8 to'p muallifiga aylanib ulgurdi.
Sardor Sobirxo'jaev bilan tuzilgan yangi kelishuv esa 2024 yilgacha mo'ljallangan. "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan xavbek jamoa tarkibida 2019 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Barcha musobaqalarda hozirga qadar 141 bellashuvda 11 gol muallifiga aylandi. To'rt yil davomida "sherlar" bilan to'qqizta sovrin yutishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar