So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

“Paxtakor” – “Qo'qon-1912” o'zaro o'yinlar tarixidan Yangiliklar

“Paxtakor” – “Qo'qon-1912” o'zaro o'yinlar tarixidan

Teglar :  Qo'qon-1912Paxtakor
Superliganing 10-turida "Qo'qon-1912" Toshkentda “Paxtakor” klubi mehmoni bo'ladi.

Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlariga bog'liq statistik malumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.

O'zaro o'yinlar


“Paxtakor” va “Qo'qon-1912” O'zbekiston chempionatlari shu kunga qadar 24 marta to'qnash kelishgan. Toshkent klubi 14 marta g'olib bo'lgan, 5 ta o'yinda durang qayd etilgan. Qo'qonliklar hisobida 5 ta g'alaba mavjud. To'plar nisbatida ham “Paxtakor” oldinda – 67:35. O'zaro o'yinlarda “Paxtakor” 47, “Qo'qon-1912” 20 ochkoni  qo'lga kiritgan.

Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvlar:
14.10.2017 «Paxtakor» – «Qo'qon-1912» 2:0
11.03.2016 «Paxtakor» – «Qo'qon-1912» 4:0
08.08.2015  «Paxtakor» – «Qo'qon-1912» 4:1
18.03.2003 «Paxtakor» – «Qo'qon-1912» 5:1
30.08.2002 «Paxtakor» – «Qo'qon-1912» 5:0

Hakamlar

6 may yakshanba kuni bo'lib o'tadigan “Paxtaqor” –  “Qo'qon-1912” uchrashuvini SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Ushbu referi 6-tur doirasidagi AGMK - “Qo'qon” bahsida ishlagan edi.

Superliga
10-tur
6 may (yakshanba)
“Paxtakor” – “Qo'qon-1912”
Hakamlar: 
SH.Qosimov (Toshkent), R.SHoyaxmetov (Toshkent), A.Po'latov (Toshkent), D.Akmalov (Toshkent).
Nazoratchi – A.Xotamov (Toshkent).
Komissar – SH.Rajabov.
 
Boshlanish vaqtlari
Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 5 may, kuni “Jar” stadionida 16:30da boshlanadi. Asosiy jamoalar o'yini “Paxtakor” stadionida 6 may kun kuni 18:00da start oladi.

“Qo'qon-1912” sadoqatli ishqibozlarni ushbu bellashuvga taklif etib qolamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика