So’nggi yangiliklar

23:43"Реал Овьедо" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  3 23:01"Аталанта" — "Пиза" ва "Ювентус" — "Парма" ўйинлари учун таркиблар маълум  0 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  3 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  12 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  1

“Paxtakor” - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

“Paxtakor” - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  NasafPaxtakor
"Nasaf"ni Toshkentda qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. 19 iyun kuni oliy liga 14-tur doirasidagi “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvi bo'ladi.

Bu yilgi kubok bahslarining har ikkala uchrashuvida ham  “sherlar”ni taslim qilgan “ajdarlar”, endi uchinchi marta kurashga kirishadi. Bu safar mazkur jamoalar chempionat bahsida o'zaro kuch sinashadi.

Har ikkala jamoa ishqibozlari kelayotgan dushanba kuni, shubhasiz qiziqarli uchrashuvga guvoh bo'lishadi.

“Paxtakor” va “Nasaf” endi o'zaro 41-uchrashuvda maydonga tushadilar.

O'zaro uchrashuvlarga oid faktlar

Mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, shu paytgacha ular 40 marta o'zaro kuch sinashganlar. SHulardan 22tasida “sherlar” g'olib bo'lishgan, 10ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. Qolgan 8 uchrashuvda “ajdarlar” g'alaba nashidasini surishgan.  To'plar nisbati esa 57-31ni tashkil qilmoqda. Ustunlik “Paxtakor” tomonida.

Jamoalar o'zaro uchrashuvlarda bir xil, yani 4:0 - yirik hisobdagi g'alabalarini nishonlashgan.

Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvlar

Ushbu jamoalar Toshkentda 20 marta chempionat uchrashuvlarida tuqnash kelishgan. SHularning 16tasida “Paxtakor jamoasi g'alaba qozongan, “Nasaf” esa 1 marta, 2001 yili g'alabaga erishgan, qolgan 3 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. “Paxtakor” so'nggi bor o'z maydonida “Nasaf”ni 2015 yili  mag'lub etgan.

Quyida bo'lajak  uchrashuv rasmiylari bilan tanishing:

O'zPFL 14-tur

“Paxtakor” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)

19.06.2017. “Paxtakor” markaziy stadioni. 19:00da

Bosh hakam: Valentin Kovalenko (Toshkent)

Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov, Jamshid Saidov (Toshkent)

Zaxira hakami: Aleksandr Lupashko (Toshkent)

Nazoratchi: Farxod Abdullaev (Toshkent)

O'zPFL vakili: Axrol Inoyatov.

Uchrashuv bosh hakami Valentin Kovalenko bu yilgi chempionatda jamoamiz ishtirokidagi  o'yinni boshqarmagan.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика