"Paxtakor" muxlisidan PFLga taklif
08 noy 2022 22:59
Yangiliklar
"Paxtakor" muxlisidan PFLga taklif
Oxirgi turdan o'rin olgan "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuv qaysi stadionda bo'lishi hamon elon qilinmadi.
Men "Paxtakor" muxlisiman va o'yin "Paxtakor" stadionida o'tishiga qarshiman. CHunki birinchi davradagi uchrashuv ham shu stadionda o'tgandi.
Taklifim "Paxtakor" so'nggi turni "Jar" stadionida, "Olimpik" va "Nasaf" o'yini esa "Paxtakor" stadionida bo'lsin. SHunda Toshkent derbisi Toshkent viloyatida emas poytaxtda o'tadi. Olmaliq va Bekoboddagi stadion maydonlari yil oxiriga kelib qanchalik urinib qolganini hamma ko'rdi-ku. Buning ustiga reglament ham buzilmaydi. Futbol muxlislar uchun deyiladi, Toshkentning ikki jamoasi o'rtasidagi o'yinga Toshkent viloyatiga qancha ham muxlis borishini tasavvur qiling.
Bu taklifimni PFL rahbariyatidagi odil insonlar qabul qilishadi deb o'ylayman.
Javohir
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar