"Paxtakor" bugun "Milan" bilan o'ynaydi
31 jan 2019 14:32
Yangiliklar


"Paxtakor" bugun "Milan" bilan o'ynaydi
Minskdagi xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan "Paxtakor" jamoasining 2005 yillarda tavallud topgan futbolchilari bugun "qizil-qoralar"ga qarshi bahs olib boradilar.
Sobiq futbolchi Farhod Nishonov qo'l ostida tarbiyalanayotgan yosh paxtakorchilar, musobaqada "Yantar", SSHOR-8 jamoalarini mag'lubiyatga uchratdi va guruhning so'nggi o'yinida "Dinamo" Kievga 1:0 hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa Minsk Kubogining 1/4 finalida "Milan" va "Paxtakor" klublarining tarbiyalanuvchilari o'zaro bahs olib boradilar.
4-8 fevral kunlari shu musobaqaning 2006 yillarda tarbiya topayotgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqasida Leonid Koshelev boshchiligida "Odil Junior" jamoasi qatnashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar