So’nggi yangiliklar

02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   9 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  1 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  59 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  1 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  3 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  4 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  19 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  7 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  27 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  24 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  81 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3

"Paxtakor" barcha jihatlar bo'yicha Superligada etakchi Yangiliklar

"Paxtakor" barcha jihatlar bo'yicha Superligada etakchi

Teglar :  Paxtakor
"Paxtakor" ushbu mavsumda turli statistik ko'rsatkichlar borasida Superligada yaqqol etakchi bo'lib turibdi.

Jamoalar va futbolchilar harakatlarini tahlil qilib boruvchi "Instat" kompaniyasi ko'rsatkichlariga ko'ra, "Paxtakor" Superligada hisoblangan 12 jihatning 8tasi bo'yicha peshqadam. Bu esa "SHerlar" namoyish etayotgan o'yin sifati ham boshqalardan ajralib turganini isbotlaydi.

Umumiy ko'rsatkichlar bo'yicha "Paxtakor" 245, "Nasaf" 222 va "Bunyodkor" 212 ball to'plagan. Beshlikka 210 ball bilan "Lokomotiv", 209 ochko bilan AGMK ham kirgan. O'rtacha gol urish borasida "Paxtakor"ning ko'rsatkichi bir o'yinga 3,2tadan to'g'ri kelmoqda. Qolgan biror jamoa ko'rsatkichi o'rtacha 2ta golga etmagan. "Nasaf" 1,89ta, "Bunyodkor" 1,67ta to'p kiritgan. Beshlikda AGMK (1,48 gol) va "Qo'qon-1912" (1,47 gol) joylashgan.

Bir o'yinda yaqqol golli imkoniyatlarni "SHerlar" har bellashuvda o'rtacha 9tadan sodir etishmoqda. "Nasaf" va "Bunyodkor" 6tadan golli vaziyat yaratmoqda. "Lokomotiv" 5,7ta, AGMK esa 4,9ta imkoniyatga ega bo'lmoqda. Darvozaga aniq zarba berishda jamoa o'rtacha 8tadan ko'rsatkich qayd etgan. "Nasaf" 7ta, "Bunyodkor" 6ta, "Lokomotiv" 4,7ta va "So'g'diyona" 4,3tadan zarba bilan dastlabki besh o'rinda turishibdi. Mavsum davomida "Paxtakor" raqiblari darvozasiga jami 389ta zarba bergan va ularning 176tasi darvozaga to'g'ri borgan. Aniq zarbalardan 71tasi golga aylangan.

"Paxtakor" bir o'yinda o'rtacha 6tadan (jami 136ta) burchak zarbasini amalga oshirgan. Keyingi klublarda bu borada ko'rsatkich shunday: "Nasaf" - 5,6ta, "Bunyodkor" va "So'g'diyona" 5,3tadan, "Metallurg"da 4,6ta.

"Paxtakor" futbolchilari bir o'yinda 655 marta to'pni bir-birlarga aniq etkazib bermoqda. Aniqlik ko'rsatkichi 88 foizga teng. "Bunyodkor"da 518 uzatma (86%), "Nasaf"da 425 (82%), AGMKda 410 (82%) va "Lokomotiv"da 405 uzatma (82%) mavjud. Eng yaqin taqibchi bilan o'rtacha uzatmalar miqdoridagi farq 138tani tashkil etmoqda.

Hal qiluvchi uzatmalarni amalga oshirishda jamoaning o'rtacha ko'rsatkichi 5,1tani tashkil qilgan. Ushbu jihat bo'yicha "Bunyodkor" 3,6ta, "Lokomotiv" va "Nasaf" 3,4ta, "Metallurg" 3ta uzatma ko'rsatkichiga ega.

Krosslarning o'rtacha soni bo'yicha ham jamoa peshqadam. Bir bahsga aniq 6ta shunday uzatma to'g'ri kelgan. Aniq ko'rsatkich 31 foizdan iborat. AGMK 4,7ta, "Lokomotiv" 4,5ta, "Andijon" 4,4 va "Nasaf"da 4,2tadan krosslarni bir bellashuvda amalga oshirgan.

Raqibni aldab o'tish va ortda qoldirish borasida bir o'yindagi miqdor "Bunyodkor"da yaxshiroq, ammo foiz, yani samaralilik borasida "Paxtakor" ustunlikka ega. "Paxtakor"da uchrashuvga o'rtacha 18ta (67% muvaffaqiyatli), "Bunyodkor"da 20 (64%), "Nasaf" va "Navbahor"da 15 (57%) hamda "Andijon"da 15 (56%) ko'rsatkich to'g'ri kelgan.

Umumiy kurashlarni yutishda "Andijon" (o'rtacha 87tadan, 49%), himoyadagi kurashlarda ustun kelishda "Nasaf" (o'rtacha 50tadan, 57%) va havodagi kurashlarni yutishda "So'g'diyona" (o'rtacha 32tadan, 52%) eng yaxshi natijalarni qayd etishgan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика