So’nggi yangiliklar

13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  3 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  0 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  13 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  13 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  11 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  4 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  4 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  27 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  5 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  19 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  5 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  9 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  5 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  27

“Paxtakor” – AGMK 2:1 “Mixed zone” Yangiliklar

“Paxtakor” – AGMK 2:1 “Mixed zone”

Kecha Toshkentning “Paxtakor” jamoasi superliganing 3-turidan o'rin olgan uchrashuvida Olmaliqning AGMK jamoasini o'z uyida qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu uchrshuvdan so'ng ikkala jamoa futbolchilari “mixed zone”da o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.


Lutfulla To'raev – AGMK

“Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda bir qator golga tortadigan vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan unumli foydalana ololmadik. “Paxtakor” o'zlari yaratgan vaziyatlardan unumli foydalandi va darvozamizni ikki marotaba ishg'ol qildi. Mag'lubiyatga sabab, yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmaslik, deb o'ylayman. “Paxtakor” bizga qarshi uchrashuvda kuchli o'yin ko'rsatdi deb o'ylamayman. Bahs teng kurashlar ostida bo'ldi.  Mashg'ulotlarda ko'proq ishlab o'yinlarda yaratilayotgan vaziyatlar golga aylantirishga harakat qilamiz. CHempionatda raqib jamoalar kuchli, kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Oldimizga qo'yilgan vazifamiz yuqori o'rinlarni egallash”, - deydi AGMK futbolchisi Lutfulla To'raev



Rostin Griffits – “Paxtakor”

“AGMK jamoasiga qarshi juda ham qiyin uchrashuv bo'ldi. AGMK futbolchilari bizga qiyinchilik tug'dirdi. O'zbekistonda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. CHempionat boshlangandan beri deyarli barcha uchrashuvlar qiyin kechmoqda. AGMKjamoasi tarkibida 13 raqam ostida to'p tepgan futbolchi jismoniy kuchli ekan. To'p bilan ham yaxshi muomala qilar ekan. Mana shu futbolchini alohida ajratib ko'rsatishim mumkin”, - deydi Rostin Riffits



Ismoil Gonsalvesh – “Paxtakor”

“Qiyin bo'lgan uchrashuvda g'alaba qozondik. AGMK kuchli jamoa, ularga bizga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdi. AGMKda jismonan kuchli futbolchilar jamlangan. Keyingi turda “Neftchi” jamoasiga qarshi bahs olib boramiz. Men bu jamoa to'g'risida malumotga ega emasman. SHuning uchun ham bir nima deyishim qiyin”, - deydi Ismoil Gonsalvesh


Muallif :
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика