"Paxtakor-79" jamoasi Birinchi ligadan chetlashtirildi, klub o'yinchilari liganing istalgan boshqa jamoasiga o'tishlari mumkin
12 may 12:26
Yangiliklar
"Paxtakor-79" jamoasi Birinchi ligadan chetlashtirildi, klub o'yinchilari liganing istalgan boshqa jamoasiga o'tishlari mumkin
Avvalroq Liga "Paxtakor-79" minimal talablarni bajarishi uchun o'z yordamini taqdim etgani hamda etarlicha imkoniyat bergani haqida malum qilingandi.
SHunga qaramay, "Paxtakor-79" jamoasining xorijlik investori O'zbekiston qonunchiligi asosida faoliyat olib borishni eplay olmadi. Mavjud holatni inobatga olib, Liga jamoani Birinchi liga o'yinlaridan chetlashtirishga qaror qildi.
Mavsum avvalida "Paxtakor-79" bilan shartnoma imzolagan futbolchilar Birinchi liganing istalgan boshqa jamoasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Ularning ehtimoliy yangi shartnomasi yoki kelishuv bitimi istisno tariqasida Liga ro'yxatidan o'tkazib beriladi.
Fikrlar