So’nggi yangiliklar

22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  0 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  43 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  24

"Paxtakor": 21-tur prevyusi: "Paxtakor" - "Lokomotiv" Yangiliklar

"Paxtakor": 21-tur prevyusi: "Paxtakor" - "Lokomotiv"

12 sentyabr kuni "Paxtakor" oliy liganing 21-turida "Lokomotiv"ni qabul qiladi.


CHempionlik uchun kurash olib borayotgan jamoalar o'rtasidagi uchrashuv nafaqat turning, balki ikkinchi davraning eng muhim o'yinlaridan biri sanaladi. Undagi g'alabaning qiymati ancha yuqori turadi. Jamoalar ikkinchi davrada 4tadan g'alaba qozonib, bittadan durang o'ynashdi.

Bellashuvni jamoamiz himoyachisi Davron Hoshimov diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi.

Oliy ligada jamoalar 21 bor maydonga tushgan. SHulardan 14tasida "sherlar" g'olib bo'lishgan, 5ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. "Lokomotiv" hozirga qadar "Paxtakor"ni ikki marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 52:18ni tashkil qilmoqda.

Jamoamiz o'z maydonida bo'lib o'tgan 10 o'yinning 7tasida g'olib bo'lgan. Ikki marta durang qayd etilgan. Faqat bir bor (2013 yil) "Lokomotiv" uch ochko bilan qayta olgan. Birinchi davrada raqib 2:1 hisobida zafar quchgandi.

Uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Ushbu mavsum oliy ligada u jamoamiz ishtirokidagi 3 o'yinni boshqardi. Unda "Bunyodkor" va "Nasaf"ni mag'lub etib, "Lokomotiv"ga imkoniyat boy berilgan.

Yoshlar tarkiblari bahsi 11 sentyabr, juma kuni soat 16:30da Qibraydagi stadionda boshlanadi. Asosiy jamoalar esa 12 sentyabr, shanba kuni soat 17:30da "Paxtakor" stadionida bellashuvni boshlashadi.

CHiptalarni stadion kassalaridan 5 va 15 ming so'mdan xarid qilishingiz mumkin.

"PAXTAKOR" - "LOKOMOTIV"

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abdulhamid Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Akobir SHukurullaev (Toshkent).

Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика