So’nggi yangiliklar

08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  0 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  0 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1

Pavel Matyash: "O'zbekiston uzog'i bilan yarim finalgacha borishi mumkin" Yangiliklar

Pavel Matyash: "O'zbekiston uzog'i bilan yarim finalgacha borishi mumkin"

Kechagi Qirg'iziston - Janubiy Koreya o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mikst-zonada qo'shnilarimizning asosiy posboni hisoblangan, lekin mazkur bahsda zaxirada qoldirilgan o'zbekistonlik muxlislar uchun begona bo'lmagan Pavel Matyashning fikrlari bilan qiziqdik.

"Terma jamoamiz o'yindan-o'yinga kuchayib bormoqda. Xitoy bilan ham, Janubiy Koreyaga qarshi bahsda jamoamiz yaxshi ko'rindi. Lekin yakunda natijani saqlab qolishga bizga nimadir etishmayapti. Keyingi uchrashuvda nafaqat o'yin borasida, balki natija jihatdan ham o'zimiz uchun 3 ochkoni qo'lga kiritamiz, degan umiddaman. Guruhdan chiqish imkoniyatlarimizni saqlab qolganmiz", - deya gap boshladi Pavel Matyash.

- Osiyo Kubogidagi boshqa o'yinlarni ham kuzatib borish imkoniyati bo'lmoqdami yoki mashg'ulotlar tufayli butun diqqat Qirg'iziston terma jamoasiga qaratilganmi?
- Imkon doirasida ko'plab o'yinlarni kuzatishga harakat qilyapman.  CHempionat menga yoqmoqda. Iordaniya terma jamoasining o'yini va qayd etayotgan natijalari meni hayron qoldirdi. Menimcha, Iordaniya Osiyo Kubogining syurpriz jamoasiga aylandi. Biz aynan mazkur jamoa bilan o'ynagandik. To'g'risi, iordaniyaliklarni keyingi bosqichga chiqishini kutmagandik.

- Zaxirada qolganingiz siz uchun syurpriz bo'ldimi?
- Yo'q. Xitoy bilan o'yinda ko'pol xatoga yo'l qo'ydim. Endi esa musobaqani zaxira o'rindig'ida kuzataman. Bugungi bahsda zaxirada qolganim men uchun yangilik bo'lmadi. Kim yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo'lsa, o'sha futbolchi maydonga tushadi. Bu normal holat.

- Xitoy bilan o'yindagi qo'pol xato sizni ruhan sindirib qo'ymadimi? Har holda terma jamoaning birinchi raqamli kiperi hisoblanasiz...
- Hamma xato qiladi. Afsuski terma jamoam uchun muhim bellashuvda shunday qo'pol xatoga yo'l qo'ydim. Buyog'iga o'sha xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib ishlayman.

- O'zbekiston chempionatida faoliyat ko'rsatgansiz. Bu o'lka siz uchun begona emas. Terma jamoamizning Ummonga qarshi uchrashuvini kuzatdingizmi?
- To'liq o'yinni ko'rish imkoni bo'lmadi. Uchrashuv sharhini tomosha qildim. Ummon o'yin bobida O'zbekistonni ancha qiynab qo'yibdi. Oson bo'lmagan o'yinda g'alabaga erishdinglar. Nesterovning mahorati evaziga Ummon kerakli natijani qayd etolmadi.

- O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogida imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Har holda ko'plab futbolchilarga qarshi o'ynagansiz, ularning imkoniyatlaridan biroz bo'lsada xabardorsiz...
- Uzog'i bilan yarim finalga qadar borishi mumkin. Lekin men O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi sohibiga aylanishiga ishonmayman. Bu juda qiyin masala.

- Osiyo Kubogidagi darvozabonlar xususida. Kim sizga ko'proq yoqmoqda?
- Ignatiy Nesterov eng tajribali va ajoyib kiper. Lekin Eron terma jamoasi posboni Alirizo Beiranvand juda kuchli darvozabon. Menimcha, musobaqaning eng yaxshi posboni aynan eronlik darvozabon bo'ladi.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: -139   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика