So’nggi yangiliklar

09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  0 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  0 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  3 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  2 07:52"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди  4 07:38Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берганди?  3 03:40Испания кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлубиятга учратди  2 03:05Англия лига кубоги. ​Гарначонинг дубли "Челси"га "Кардифф" устидан ғалаба тақдим этди.  1 00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  7 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  11 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  11 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  7 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  10

Abbos Fayzullaev: "CSKA tufayli O'zbekiston termasida o'z o'rnimga ega bo'ldim. Endi "Istanbul Bashakshehir"ga chempionatda oldinga qadam tashlashida yordam bermoqchiman" Yangiliklar

Abbos Fayzullaev: "CSKA tufayli O'zbekiston termasida o'z o'rnimga ega bo'ldim. Endi "Istanbul Bashakshehir"ga chempionatda oldinga qadam tashlashida yordam bermoqchiman"

O'zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev CSKAga minnatdorlik bildirdi.

"Kecha faoliyatimda katta voqea sodir bo'ldi: men CSKAdan "Istanbul Bashakshehir"ga o'tdim.

Menga ishonib, o'zimni yangi pog'onada ko'rsatish imkoniyatini bergani va rivojlanish uchun juda zarur bo'lgan maslahatlar bilan yordam bergani uchun CSKA klubi, rahbariyat va murabbiylar Vladimir Fedotov va Marko Nikolichdan juda minnatdorman. Bu ishonchni oqlash va klubga foyda keltirish uchun har doim astoydil mehnat qilganman. Klubning barcha xodimlari, ayniqsa, meni iliq kutib olgan va birinchi kundanoq ko'maklashgan jamoadoshlarimga minnatdorlik bildiraman. CSKA tufayli O'zbekiston terma jamoasi safida o'z o'rnimga ega bo'ldim va u bilan unutilmas lahzalarni boshdan kechirdim: Parijdagi Olimpiya O'yinlarida ishtirok etdim va 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma oldim.

Rahmat, CSKA va "armiyachilar"ning ajoyib muxlislari! Klubga chin dildan omad va yangi buyuk g'alabalar tilayman. Biz do'st bo'lib qolamiz va men har doim sizlarga muxlislik qilaman! CSKA har doim birinchi bo'lib qoladi!

Endi men "Istanbul Bashakshehir" futbolchisiman. Bu men uchun yangi chaqiruv bo'lib, o'zgacha motivaciya beradi. Turkiya madaniyati o'zbek tiliga yaqin, ishonchim komilki, bunday qiziqarli mamlakatda ko'plab yoqimli kashfiyotlar va voqealar kutib turibdi. Ayni paytda Turkiyada chempionati juda kuchli: jiddiy raqobat, shiddatli kurash. "Istanbul Bashakshehir" har yili yuqori o'rinlar uchun kurashadi va men klubga chempionatda oldinga qadam tashlashga yordam berishni juda xohlayman. Ayniqsa, evrokuboklarda ilk bor o'ynash imkoniyatiga ega bo'lganimdan qanchalik xursand ekanligimni takidlamoqchiman: "Istanbul Boshakshehir" Konferenciyalar Ligasida o'ynaydi va bu kurashda klubga yordam berishdan xursand bo'laman.

Siz bilan uchrashishni intiqlik bilan kutaman, aziz "Istanbul Bashakshehir" muxlislari!", – dedi Fayzullaev.

Avvalroq CSKA himoyachisi Igor Diveev Abbosga kelajakda o'zi xohlagan ligada o'ynashini tilagan edi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика