Passarela: “Terma jamoada Messi boshqacha munosabat bilan o'ynaydi”
24 mar 2019 07:20
Yangiliklar
Passarela: “Terma jamoada Messi boshqacha munosabat bilan o'ynaydi”
“Messi – zo'r futbolchi. Har qanday jamoada uning to'p tepishi o'sha jamoaning imkoniyatlarini keskin oshiradi. Ammo u “Barselona”da o'zgacha ishtiyoq bilan to'p tepadi. U erda u shubhasiz eng zo'ri. Biroq bazan seni sevadigan jamoada yaxshi to'p tepishiing mumkindir, ammo ich-ichingdan engillikni his qilmaysan, xuddiki bu jamoada istaklaring amalga oshmaydigandek. Nima uchun terma jamoada uning ishlari yurishmayotganini bilmayman. Fikrimcha, Messining o'z yurti jamoasidagi harakatlaridagi muammolari ruhiyat bilan bog'liq” deya Passarelaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
22 mart kuni Argentina terma jamoasi Venesuelaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida kechgan bellashuvda Messi butun uchrashuv mobaynida maydonda harakat qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar