So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  5 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

O'zPFL "SHo'rtan"ni 5 million so'm jarimaga tortdi Yangiliklar

O'zPFL "SHo'rtan"ni 5 million so'm jarimaga tortdi

Teglar :  SHo'rtanPFL
“SHo'rtan” professional futbol klubi O'zbekiston Futbol Federaciyasi futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi qarorini o'z vaqtida bajarmayotgani sababli jarimaga tortildi.

G'uzorning “SHo'rtan” klubiga 2017 yilgi nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi musobaqa reglamenti, Tartib-intizom Kodeksi 5-Modda, 1-bo'lim, 5.25-bandiga asosan, shuningdek 5-Modda, 4-bo'lim, 5.57-bandiga ko'ra 5 million so'm miqdorida jarima belgilandi va 2018 yil uchun zayavka hujjatlarini rasmiylashtirish vaqtincha taqiqlandi.

Agar “SHo'rtan” PFK bir qator futbolchilari oldidagi qarzlaridan o'z vaqtida qutilmasa, mazkur klubning O'FF hamda PFL bayrog'i ostida o'tadigan musobaqalarda ishtirok etishi masalasi ko'rib chiqiladi.


P.S.

5.25 bandda nima yozilgan?

Klublar o'rtasida futbolchilarning ijarasi uchun to'lanishi kerak bo'lgan pullar, futbolchilar, murabbiylar yoki klubning boshqa xodimlari oldida maosh va boshqa to'lovlarni vaqtida to'lamaslik, futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi qarorini o'z vaqtida bajarmagani sababli jarima miqdori:

- yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlash
- 5 000 000 so'mgacha jarima
- Uch ochko olib tashlash
- yana bir bor uch ochko olib tashlash
- O'zPFL musobaqalaridan chetlatish


5.57 bandda nima yozilgan?

O'FF tartib intizom qo'mitasi ko'rib chiqishi shart bo'lmagan holatlarda O'zPFL moliyaviy jarimalar belgilashi mumkin.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика