O'zil: "Men "El Klasiko"ning eng yaxshi davrida o'ynaganman"
24 mar 2023 19:32
Yangiliklar
O'zil: "Men "El Klasiko"ning eng yaxshi davrida o'ynaganman"
Yaqindagina faoliyatini yakunlagan futbolchi 2010-2013 yillar davomida "Real" tarkibida o'ynagan.
"Menimcha, "El Klasiko"ning eng yaxshi davrlarida o'ynaganman. O'shanda "Real" ham "Barselona" ham o'zining cho'qqisida edi, hatto ECHL yarim finalida ham o'ynagandik! Ushbu o'yinlarda barcha narsa bo'lardi. Mourinyu Gvardiolaga qarshi, Ronaldu esa Messiga...
Bemalol aytishim mumkin, hozirgi klasikolarda jangovorlik va hissiyotlar yo'qolgan. O'shanda "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba doimo bizga lazzat berardi, chunki o'yinlar doimo qiyin o'tgan. LaLigada 0:5 hisobidagi mag'lubiyatimiz haqiqiy daxshatli tush bo'lgandi.
Ko'plab principial o'yinlarda, derbilarda o'ynaganman, ammo bunday klasiko boshqa bo'lmasa kerak", - dedi O'zil.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar