"O'zi yurtimizga non so'rab kelib, tag'in "Lokomotiv"dan kamchilik qidiradi" - Aktamov Sekeyra haqida
01 noy 2021 17:30
Yangiliklar
"O'zi yurtimizga non so'rab kelib, tag'in "Lokomotiv"dan kamchilik qidiradi" - Aktamov Sekeyra haqida
Xorijlik murabbiylar haqida qanday fikrdasiz? Ushbu savolga mutaxassis quyidagicha javob qaytardi.
"Xorijlik murabbiylardan, yaqinda matbuot anjumanida o'zining tilida nimadirlar degan Mikael Sekeyra biroz oshirib yubordi. Bizning yurtimizga o'zi non so'rab kelgan, yana kelib kelib "Lokomotiv"dan kamchilik qidiryapti. Barcha sharoitlar yaratilgan. Mashg'ulot maydoni asosiy o'yin maydonidan yaxshiroq. O'shandan norozi bo'lib gapirganidan so'ng biz tomonga o'tmasa ham bo'ladi. Siz tushungan bo'lsangiz umumiy gapirgan. U o'ziga yoqmagan jihatlarni aytdi. Aslida chetdan kelib muhokama qilishga haqqi yo'q. O'zimizdan Ro'ziqul Berdiev gapirmoqda. O'zim fikr bildirdim. U o'zining davlatiga borib intervyuni qo'yib beryapti. O'zimizning nonimizni eb Evropaga borib g'iybat qilmoqda. SHaroitni bilib ishga kelgan. PFL ham, O'FA ham o'zining ishini bilib qilyapti. Futbolimiz ko'tarilgan. O'zbekistonga kelib och qoldimi? Nonsiz qoldimi? SHuning uchun hafa bo'ldim",- deydi Hamidjon Aktamov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar