So’nggi yangiliklar

01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  1 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  3 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  52 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0

O'zi ham yig'lagan, muxlislarni ham yig'latgan chempionlar Yangiliklar

O'zi ham yig'lagan, muxlislarni ham yig'latgan chempionlar

Iyun oyi boshidan beri davom etib kelgan U-23 Osiyo kubogi ham o'z nihoyasiga etdi.

Mamlakatimizning 4 stadioni ("Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Markaziy" Qarshi) mezbonlik qilgan musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvida O'zbekiston hamda Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Unda saudiyaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

FOTO  Ular kubokka juda yaqin kelishgandi...

Hammadan kuchli Saudiya, hatto bizdan ham

Saad Al SHehri jamoasi musobaqadagi eng kuchli jamoa bo'lishdi. Ularning darvozasiga hech bir raqib yo'l topa olmadi, musobaqada eng kam xavfli vaziyatlar aynan ularning darvozasi oldida yuzaga keldi. Himoyada Saudiya fenomenal o'yin ko'rsatdi.

Bu jamoa Toshkentga chempion bo'lish uchun keldi. Guruh bahslaridan keyin tarkibga milliy terma jamoaning ikki nafar azosi Hassan Tambakti (markaziy himoyachi) va Feras Al Brikan (markaziy hujumchi). Tambakti keliboq sardorlik bog'ichini boshqa bir markaziy himoyachi Saud Abdulhamiddan oldi. Ha, allaqachon S.Arabistoni milliy terma jamoasida asosiy tarkibda tushayotgan ikki futbolchining chorak final oldidan tarkibga kelib qo'shilishi ular faqat chempionlik haqida o'ylaganini anglatadi.

Finalgacha ko'pchiligimiz bizning jamoa eng kuchlisi deb o'ylagandik. Iroq va Yaponiyaga qarshi uchrashuvlar bunga sabab edi. Ammo, unday emas ekan. Bu Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi hammadan, hatto bizdan ham kuchli ekan. Ular 2 yosh kichik futbolchilar bilan kelishmadi. Kechagi finalni asosiy tarkibda boshlaganlardan faqat 2 nafari 2001 yilda tug'ilgan. Yani, biznikilar bilan tengdosh. Bular: Ayman Yahyo (7-raqam) va Ahmad Al G'amdi (11-raqam).


Raqib hozir bizdan kuchli ekanligini tan olish kerak. Lekin, 2 yildan so'ng bu yigitlarimiz o'zlari bilan tengdosh tarkibdagi raqiblarga qarshi bundan ham ajoyib o'yin va natijalar qayd etishlariga umid qilib qolamiz. Hatto, bunga ishonch ham bor. Buguncha esa S.Arabistoni hammadan kuchli jamoa sifatida musobaqada g'olib bo'ldi. Jamoa 6 o'yinda birorta gol o'tkazib yubormadi, individual sovrinlarning hammasini o'ziniki qilib oldi.

Ular kecha ikkinchi qavatdagi kurashlarda imkon berishmadi, ular kecha Hojimat Erkinovga fint ishlatishga imkon berishmadi, ular kecha Husayn Norchaevga imkoniyat qoldirishmadi, ular kecha Jasur Jaloliddinovning zarba berishiga yo'l qo'yishmadi, ular kecha juda yaxshi himoyalanishdi va o'z hujumlaridan samarali foydalanishdi. Saad Al SHehri juda shakllangan jamoani yurtimizga olib kelgani va finalda bizni juda yaxshi o'rgangani bilindi. Ikki nafar markaziy himoyachilari juda ko'p epizodlarda hammayoqni "tozalab tashlashdi". Bir so'z bilan aytganda, Saudiya eng kuchli jamoa bo'ldi.


O'zi ham yig'lagan, muxlislarni ham yig'latgan chempionlar

Timur Kapadze ajoyib jamoa shakllantirmoqda. Bu yigitlar bizga Qatar bilan bir-biridan chiroyli gollarni, Iroq bilan fantastik irodani va Yaponiya bilan bahsda mukammallikni namoyish etib berishdi. Mana shu uchrashuvlar sabab muxlislar ularni yaxshi ko'rib qolishdi. Bu jamoamiz futbol ishqibozlari anchadan beri his qilmayotgan tuyg'ularni taqdim etishdi. Odamlarda futbolga bo'lgan mehrni qaytarishdi, stadion to'lishiga sabab bo'lishdi.

Kapadze shogirdlari o'z o'yinlari bilan barchaning olqishlariga sazovor bo'lishdi. Odatda, jamoalarimiz yutqazganda mag'lubiyat sababchilari-yu, gollar qanday qilib, kimlarning xatolari bilan kelganini tahlil qilib o'tirardik. Bu safar esa aybdorlarni izlashdan yiroqmiz, chunki ular bizni mag'lubiyatda aybdor qidirmaslikka majburlay olishdi. SHu sabab ham sarlavhaga ularni chempionlar deb yozdim. To'g'ri, amalda Saudiya chempion. Lekin, ko'pchilik, shu jumladan o'zim uchun ham bu yigitlar chempiondirlar. Muxlislarni stadionga qaytarganliklari uchun, futbolga muhabbatni qaytarganlari uchun, deyarli 3 hafta davomida shuncha adrenalin taqdim eta olganliklari uchun, bir jamoa bo'la olganliklari uchun, muxlislar kutadigan o'yinni namoyish eta olganliklari uchun ular chempion.

Finaldagi mag'lubiyat ularning shuncha mehnati va ko'rsatgan karomatlarini havoga uchirib yubora olmaydi. Kechagi mag'lubiyatdan keyin stadionni tark etmay futbolchilarni olqishlab turgan va metroda yutqazganimizga qaramay, O'z-be-kis-ton deb baqirib ketayotgan muxlislarga boqing. Oxirgi marta qachon futbol sabab bunday performansni ko'rgandik. Ancha bo'ldi-a. Hammasi uchun rahmat, yigitlar!


Final yakunlangach futbolchilarimiz yig'lashdi, ularga qo'shilib bazi muxlislar ham yig'ladi. Bosh murabbiylar ko'zida yoshni har doim ham ko'ravermaymiz. Kecha Timur Kapadze ham yig'ladi, chunki u chempion bo'lishni maqsad qilgandi. O'sha daqiqalarni bevosita maydon chetida o'tirib kuzatish og'ir edi. Bu Kapadze uchun murabbiy sifatida birinchi final edi. Murabbiy nimalarni his qilgani o'ziga ayon. U hatto matbuot anjumaniga ham ko'zlari qizargan holda kirib keldi. Dastlabki fikrlarini bildirayotganda ovozi qaltirabroq chiqdi. Demak, maydondagi ko'z yoshlar kiyinish xonasida ham davom etgan. Anchadan beri aytib keladigan bir fikrimni yana bir bor takrorlamoqchiman. Kapadze siymosida o'zbek futboli uchun top murabbiyni ko'ryapman. Kuper ketgandan keyin MTJga nomzodlar orasida Timur akani ham tilga olganmiz va o'shanda mutaxassis hali milliy terma jamoani boshqarishga to'la tayyor emasligi, undan oldin malum bosqichlardan o'tishi va MTJni boshqarishga munosibligini isbotlashi kerakligini aytgandik. Nazarimda, Kapadze o'sha murabbiy sifatida o'zini nimalarga qodirligini isbotlashni boshladi va yaqin yillarda asosiy jamoamizni boshqarishga ham tayyor bo'ladi. SHunday davom eting!

Kapadze matbuot anjumanida finaldagi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'radi va futbolchilari bilan faxrlanishini aytib o'tdi. Ular bilan biz ham faxrlanyapmiz. Bu jamoa tuzilganda asosiy vazifa qilib Parij olimpiadasi belgilab olingan. Endi bizda ishonch bor. Bu yigitlar 2 yildan keyingi musobaqada munosib ishtirok etishlari va olimpiadaga yo'l olishlariga ishonch.

Ajoyib jamoa uchun Timur Kapadzega, tomoshabop o'yin uchun futbolchilarga katta rahmat aytamiz! Barakalla, yigitlar!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика