So’nggi yangiliklar

01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  2 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  12 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  13 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  3 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  9 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  6 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  379 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0 22:25Ислом Исмоилов бутсалар ҳақида: "Бугун ўйин давомида ярим жамоа оёғида туролмади. Бу эътибордан четда қолдириладиган нарса эмас"  24 21:56Ислом Исмоилов: "Провокацияга учмасликни юз марта эмас, минг марта тушунтиргандик. Шу сабабли унга танбеҳ бердим. Ҳозир ҳаммаси яхши"  39

O'zFHM: "Paxtakor" - "Navbahor" bosh hakami o'yin oxirida xato qilgan, "So'g'diyona" - "Nasaf" uchrashuvida qizil kartochka to'g'ri berilgan, "Olimpik" - OKMK o'yinida penalti to'g'ri belgilangan Yangiliklar

O'zFHM: "Paxtakor" - "Navbahor" bosh hakami o'yin oxirida xato qilgan, "So'g'diyona" - "Nasaf" uchrashuvida qizil kartochka to'g'ri berilgan, "Olimpik" - OKMK o'yinida penalti to'g'ri belgilangan

Joriy yilning 17 iyun sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 11-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlariga ko'ra, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan yana 3 ta bahsli vaziyat tahlil qilindi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat. "Paxtakor" - "Navbahor" qarama-qarshiligi: darvozabonga nisbatan qo'pollik.


"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvining 90+8-daqiqasida mehmonlar raqiblari jarima maydonida xavfli hujum tashkil qildi. Ammo bu holatda namanganliklarning 13-raqamli futbolchisi mezbonlar posboni to'pni ushlamoqchi bo'lgan paytda unga butsasi bilan zarba berdi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov mehmonlar azosiga hech qanday kartochka ko'rsatmagan holda jarima zarbasi belgiladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda "Navbahor" futbolchisi raqib darvozaboni hududida posbonga nisbatan qo'pol harakat qilgan. Bunday holatda himoyachiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi. SHu sababdan, Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori noto'g'ri ekanini malum qiladi.




2-vaziyat. "So'g'diyona" - "Nasaf" o'yini: qizil kartochka.


"So'g'diyona" - "Nasaf" bahsining 50-daqiqasida mezbonlarning 4-raqamli azosi O. Ahadov raqib hujumchisini birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda ochiqchasiga ortdan to'xtatib qoldi. Bosh hakam Asker Najafaliev dastlab futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgandan so'ng jizzaxliklar vakilini maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu holatda futbolchi qulay vaziyatga chiqib borayotgan raqibini so'nggi umid foli orqali to'xtatdi va qarshiliklarning istiqbolli hujumini yo'qqa chiqardi. Bu kabi hollarda fol qayd etgan futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilishi lozim. Hakamning qizil kartochka bo'yicha chiqargan qarori to'g'ri, deb topildi.





3-vaziyat. "Olimpik" - OKMK to'qnashuvi: bahsli penalti.


"Olimpik" - OKMK uchrashuvining 78-daqiqasida mehmonlarning 18-raqamli futbolchisi raqibi darvozasi tomon hujum amalga oshirdi. U mezbonlar himoyachisini aldab o'tayotgan chog'da to'p "Olimpik" vakilining qo'liga tegdi. Bosh hakam Olim To'ychiboev nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to'p futbolchining notabiiy tarzda turgan qo'liga tegib, yo'nalishini o'zgartirgan. Penalti belgilash uchum asos etarli va shu sabab, komissiya tomonidan hakamning qarori to'g'ri, deb hisoblandi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика