So’nggi yangiliklar

21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  0 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  7 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  275 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  1 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  3 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  4 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  14 17:42Умарали Раҳмоналиев: "АПЛда ўйнашни хоҳлардим"  11 17:14Ўзимизнинг карикатура: Ақлдан озаётган Пеп  7 16:47Қаршида бугун ОЧЛ-2 ўйини бор. Стадиондан "қайноқ" суратлар  2 16:14"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди"  23 15:45 Рустам Турдимуродов: "Навбаҳор" бизга қарши финал алами билан майдонга чиқади"  15 15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  7 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  8

O'zFHM: "Nasaf" darvozasiga toza penalti qo'yilmagan, "Olimpik"ka esa yo'q penalti qo'yilgan, "Andijon" futbolchisi 18-daqiqada qizil olishi kerak edi Yangiliklar

O'zFHM: "Nasaf" darvozasiga toza penalti qo'yilmagan, "Olimpik"ka esa yo'q penalti qo'yilgan, "Andijon" futbolchisi 18-daqiqada qizil olishi kerak edi

Joriy yilning 21 may sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 8-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlariga ko'ra, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 8-tur doirasida o'tkazilgan o'yinlarda jami o'n bitta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat: "Andijon" – "Metallurg" uchrashuvi: bahsli qizil kartochka.

"Andijon" – "Metallurg" bahsining 18-daqiqasida maydon egalarining 66-raqamli futbolchisi ehtiyotsizligi sabab mehmonlar vakili oyog'ining himoyalanmagan qismiga shikast etkazdi. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov bu holatda andijonliklar himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda futbolchi raqibiga o'ta keskin tarzda butsasining tag qismi bilan zarba bergan va unga jiddiy jarohat etkazishi mumkin edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini noto'g'ri, deb hisoblaydi.



2-vaziyat: "Qizilqum" – "Olimpik" o'yini: bahsli penalti.

"Qizilqum" – "Olimpik" bellashuvining 80-daqiqasida mezbonlar raqib jarima maydonida xavfli vaziyat yuzaga keltirdi. Bu vaziyatda navoiyliklarning 8-raqamli futbolchisi to'p uchun kurashda maydonga yiqildi. Bosh hakam To'rabek Suyunov VAR orqali holatni o'rganganidan so'ng penaltiga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu epizodda himoyachi to'p uchun kurashga kirgan va penalti uchun etarli asos mavjud emas edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi yakdil fikr asosida hakamning qarori noto'g'ri bo'lganini malum qiladi.



3-vaziyat: OKMK – "So'g'diyona" o'yini: mehmonlarning goli.

OKMK – "So'g'diyona" bahsining 26-daqiqasida mehmonlarning 14-raqamli futbolchisi raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ammo bu vaziyatda jizzaxliklarning ofsaydda turgan 9-raqamli vakili darvozabonga halaqit qilgan. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev VARga murojaat qildi hamda hujumchining o'yindan tashqari holatda ekani sabab golni bekor qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda hujum qilayotgan futbolchi to'p uchun kurashga kirgan paytda ofsaydda edi. Hakamning qarori yakdil fikr asosida to'g'ri, deb topildi.



4-vaziyat: OKMK – "So'g'diyona" bellashuvi: bahsli penalti.

OKMK – "So'g'diyona" uchrashuvining 67-daqiqasida mehmonlarning 11-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida to'p uchun kurashga kirdi. Ammo bu holatda olmaliqliklar azosi unga faol qarshilik ko'rsatdi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev VAR orqali epizodni o'rganib chiqqach, 11 metrlik jarima zarbasiga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda OKMK himoyachisi raqibining to'pga egalik qilishida halaqit qilgan hamda uning maydonga yiqilishida aybdor bo'lgan. Referida nuqta ko'rsatish uchun asosli sabab bor. Hakamning qarori bir ovozdan to'g'ri, deb hisoblandi.



5-vaziyat: Yana o'sha uchrashuv: bahsli penalti.

OKMK – "So'g'diyona" o'yinining 90+7-daqiqasida mehmonlarning 99-raqamli futbolchisi faol tarzda hujumga o'tdi va uni himoyachi to'xtatib qoldi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev esa yana bir bor nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda hujumchi va himoyachi o'rtasidagi kontakt kadrlar orqali yaqqol ko'rinmagan. SHu sababdan, Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaydi.



6-vaziyat: "Navbahor" – "Neftchi" bahsi: bahsli penalti.

"Navbahor" – "Neftchi" o'yinining 90+1-daqiqasida mehmonlarning 9-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida keskin qarshilikka uchradi. U to'p uchun kurashayotgan bir vaqtda namanganliklar himoyachisi tomonidan zararsizlantirildi. Bosh hakam Aziz Asimov bu holatda penalti belgilanmasligini qayd etdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mezbonlar vakili to'pga raqibidan birinchi etib borgan va to'p uchun harakat qilgan. SHu tariqa, hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.



7-vaziyat: Yana o'sha uchrashuv: bahsli penalti.

"Dinamo" - "Paxtakor" bahsining 12-daqiqasida mezbonlar azosi o'z jarima maydonida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Bosh hakam Akmal Rahimov VARda holatni ko'rgach, toshkentliklar foydasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda to'p qo'lga tekkandan so'ng yo'nalishini o'zgartirgan. Qolaversa, himoyachi ham jarima maydonida ehtiyotsizlik qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan qaror to'g'ri, deb hisoblandi.



8-vaziyat: "Dinamo" - "Paxtakor" o'yini: bahsli penalti.

"Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvining 17-daqiqasida endi mehmonlarning 22-raqamli futbolchisi o'z jarima maydonida to'pga qo'li bilan tegdi. Bosh hakam Akmal Rahimov esa vaziyat penaltiga tortmasligini malum qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to'p tasodifiy tarzda himoyalangan futbolchining qo'liga tekkan va bu erda penalti uchun asos etarli emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan qaror to'g'ri, deb hisoblandi.



9-vaziyat: "Surxon" - "Nasaf" bellashuvi: bahsli penalti.

"Surxon" - "Nasaf" bahsining 90+1-daqiqasida nominal mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi qarshiliklar jarima maydonida raqibi bilan to'p uchun kurashda yiqildi. Bosh hakam Ilgiz Tantashev esa VARdagi uzoq tekshiruvdan keyin vaziyat penaltiga tortmasligini qayd etdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda hujumchi qulay vaziyatga chiqib borayotgan bir vaqtda himoyachi tomonidan to'xtatib qolindi. SHuningdek, mehmonlar vakili birinchi to'pga emas, raqibning oyog'iga zarba berganini ko'rish mumkin. Bu erda penalti uchun asos etarli edi va Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini noto'g'ri, deb topdi.

Mazkur vaziyat sababli Ilgiz Tantashev chiqargan qaror qo'mitaga oshirildi.



10-vaziyat: "Bunyodkor" - "Lokomotiv" bellashuvi: bahsli penalti.

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" o'yinining 55-daqiqasida mezbonlar vakili raqib jarima maydonida to'p uchun harakat qilayotgan paytda qarshilikka uchradi va maydonga yiqildi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur vaziyatda hujum qilayotgan futbolchi to'p uchun kurashga kirgan paytda himoyachi tomonidan to'xtatib qolindi. Agar u raqibi tomonidan ushlab qolinmaganda, gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi. Hakamning qarori yakdil fikr asosida to'g'ri, deb topildi.



11-vaziyat: Yana o'sha uchrashuv: bahsli penalti.

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" bahsining 90+6-daqiqasida mezbonlarning 25-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida boshi bilan darvoza tomon zarba berdi. SHu vaziyatda uning boshiga raqib posboni mushti bilan zarba berdi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev mazkur holatda darvozabonga qizil kartochka ko'rsatdi va penalti belgiladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda darvozabon to'pga ulgurmagan va raqibining boshiga zarba bergan. Bu erda penalti uchun asos etarli va Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb topdi.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика