So’nggi yangiliklar

14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  7 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  2 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  8 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0

O'zbekistonda o'tadigan FIFA Futzal Jahon chempionati-2024 musobaqasining rasmiy logotipi elon qilindi Yangiliklar

O'zbekistonda o'tadigan FIFA Futzal Jahon chempionati-2024 musobaqasining rasmiy logotipi elon qilindi

2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionati turnirining logotipi O'zbekistonning FIFA turnirini qabul qiluvchi birinchi Markaziy Osiyo mamlakatiga aylanish yo'lidagi yana bir hayajonli bosqichda taqdim etildi.

FIFA tomonidan o'ninchi bor tashkil etilayotgan turnir joriy yilning 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari o'tkaziladi. Mazkur turnirning rasmiy logotipi ananaviy va o'zbek oshxonasida ishlatiladigan qalampirdan ilhom olgan holda ishlangan. “Tezlik sohiblari” koncepciyasi asosida yaratilgan brendning mohiyati futzalning tezkor, yuqori templi va dinamik tabiatini aks ettiradi. Rasmiy logotip esa FIFAning futzal bo'yicha Jahon kubogi sovrini shaklida tayyorlangan bo'lib, uning yuqori qismidan to'p va qalampir shaklidagi tasvir o'rin olgan.


“Markaziy Osiyoda FIFAning birinchi turniri o'tkazilmoqda. O'zbekistondagi futzal bo'yicha FIFA jahon chempionati nafqat futzal tarixidagi muhim voqeaga aylanadi, balki jamoalar va muxlislar uchun ko'plab qiziqarli va kata sport tadbirlarini o'tkazayotgan ushbu mintaqa uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi” – dedi FIFA turnirlarini o'tkazish bo'yicha direktori Jaime Yarza.

“Turnir logotipi juda yorqin ranglarda, jozibador va zamonaviy qilib ishlangan. Unda haqiqiy sharqona va o'zbekona koloritni his etish, shuningdek, O'zbekistonning madaniy merosi va tarixiy qadriyatlari uyg'unligi ham aks ettirilganini ko'rish mumkin” – deya takidladi O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov.

Rasmiy brend Samarqandning muhtasham va tarixiy Registon maydonida 26-may kuni jamoatchilikka taqdim etiladi. SHuningdek, ushbu sanada 24 ta ishtirokchi jamoalar uchun guruh bosqichiga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Bu 2024-yil may oyida FIFA tomonidan futzal bo'yicha erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari reytingi tuzilganidan keyingi birinchi qura bo'ladi. Mazkur musobaqaning besh karra g'olibi Braziliya, amaldagi jahon chempioni – Portugaliya, Ispaniya, Eron Islom Respublikasi va Argentina birinchi savatchadan joy oladi va qolgan jamoalar ham reytingdagi o'rinlariga qarab savatchalarga ajratiladi.

Ushbu musobaqada Markaziy Osiyoning to'rt mamlakati ishtirok etishi quvonarli va ajoyib holat. Bular O'zbekiston, 2024-yil aprel oyida 13-marta futzal bo'yicha Osiyo chemponati bosh sovrinini qo'lga kiritgan Eron Islom Respublikasi, futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan Tojikiston va Afg'oniston terma jamoalari hisoblanadi. SHu bilan birga, 2024-yilgi musobaqa Qozog'istonning turnirdagi qatorasiga uchinchi ishtiroki bo'ladi.

Poytaxt Toshkent, Andijon hamda qadimiy Ipak Yo'lining savdo markazi bo'lgan Buxoro shaharlari musobaqaga mezbonlik qiladi. O'zbekiston esa Gonkong (1992), Xitoy Taypeyi (2004) va Tailanddan (2012) so'ng futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionatini qabul qiladigan OFKning to'rtinchi mamlakatiga aylanadi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Jahon chempionatida ilk bor 2016-yilda ishtirok etgan. SHuningdek, 2021-yilgi musobaqada 1/8 final bosqichiga qadar etib bordi va Eron Islom Respublikasiga 8-9 hisobida mag'lub bo'lgan holda kuchli 16 jamoa qatoridan joy oldi. “Oq bo'rilar” to'rt marta furzal bo'yicha Osiyo kubogida finalgacha etib borgan hamda oxirgi beshta qita turnirda sovrinli o'rinlarni olib kelmoqda. Jumladan 2024-yilgi turnirda terma jamoamiz bronza medallarini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati–2024 da ishtirok etadigan barcha jamoalar: O'zbekiston, Afg'oniston, Angola, Argentina, Braziliya, Kosta-Rika, Xorvatiya, Kuba, Franciya, Gvatemala, Eron Islom Respublikasi, Qozog'iston, Liviya, Marokash, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Panama, Paragvay, Portugaliya, Ispaniya, Tojikiston, Tailand, Ukraina va Venesuela.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика