So’nggi yangiliklar

13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   8 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  11 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  11 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  23

O'zbekiston va Suriya terma jamoalarining o'zaro uchrashuvlari tarixi. Geynrixning so'nggi goli, Malayziyadagi alamli mag'lubiyat va Ektor Kuperning debyut o'yini Yangiliklar

O'zbekiston va Suriya terma jamoalarining o'zaro uchrashuvlari tarixi. Geynrixning so'nggi goli, Malayziyadagi alamli mag'lubiyat va Ektor Kuperning debyut o'yini

Bugun Osiyo kubogi start oladi, to'rt yillikning eng katta musobaqasini terma jamoamiz Suriyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Biz esa Suriyaga qarshi o'yinlar tarixini ko'rib chiqamiz.

O'zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi dastlabki o'yinini BAA maydonlarida bo'lib o'tgan Osiyo kubogi-1996da o'tkazgan. S guruhining 3-turidan o'rin olgan ushbu uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan. Yaponiya, Xitoy va Suriya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan vakillarimiz yakunda guruhda so'ngi o'rinni egallashgan.

Osiyo kubogi-1996 BAA

12.12.1996

Stadion: "Taxnin Bin Muxammad"

Suriya 2:1 O'zbekiston

Gollar: Djoxadar Nodir 49, Sergey Lebedev 54, Ali Dib 74

Suriya: Berakdar Maxir, Sibai Yasir, Abbas Xasan, Jabban Toriq, Afash Muhammad Nasrulla, Ali Dib, Abdulatif Hali, Zohir Holid, G'oyib Xatim, Djoxadar Nodir, SHammali Omar

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Farxod Magomedov, Gennadiy Denisov, Eduard Mamotov, Ilhom SHaripov, Stepan Atoyan, Sergey Lebedev, Aleksey Semyonov, Ravshan Bozorov, Igor SHkvirin, Oleg SHackix



Oradan 20 yil o'tgandan so'ng, O'zbekiston yana Suriya bilan to'qnash keldi. Bu safar Rossiyada bo'lib o'tgan JCH-2018 saralashi uchinchi bosqich 1-tur. Mustaqillik kunida bo'lib o'tgan uchrashuvda stadionni to'lib toshdirgan muxlislar ko'z o'ngida terma jamoamiz qiyin g'alabaga erishgan edi. Butun o'yin himoyaga yotib olgan Suriya darvozasini 73-daqiqada Aleksandr Geynrix raqib darvozasi ishg'ol qilgandi. Aynan shu gol Sashaning terma jamoa safidagi so'ngi goli edi. SHuningdek aynan shu g'alabamiz JCH saralashi uchinchi bosqich dastlabki uchrashuvidagi yagona g'alabamiz hisoblanadi.

JCH-2018 saralash 3-bosqich

01.09.2016

Stadion: "Bunyodkor"

O'zbekiston 1:0 Suriya

Gollar: Aleksandr Geynrix 73

O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaho'jaev, Aziz Haydarov, Server Djeparov, Odil Ahmedov, Otabek SHukurov, Sardor Rashidov(Aleksandr Geynrix 56), Igor Sergeev, Eldor SHomurodov

Zaxira: Jamshid Iskanderov, Eldor Suyunov, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Doston Hamdamov, Salamat Qutiboev, Ignatiy Nesterov, Marat Bikmaev, Jasur Hasanov, Stanislav Andreev


JCH-2018 doirasidagi saralash bahsining javob uchrashuvida esa Suriyaga alamli tarzda mag'lub bo'lganmiz. Malayziya bo'lib o'tgan uchrashuvda Samvel Babayan shogirdlari hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalardi o'z darvozamizga penalti ishlab olgan edik. Omar Xarbin esa 11-metrlik jarima zarbasidan xato qilmagandi. 

23.03.2017 

Stadion: Xang Jebat

Suriya 1:0 O'zbekiston

Gollar: Omar Xarbin 90+1

O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev, Aziz Haydarov, Server Djeparov, Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmaev

Zaxira: Ignatiy Nesterov, Otabek SHukurov, Oleg Zoteev, Vadim Afonin, Sardor Rashidov, Jamshid Iskanderov, Murod Zuxurov, Doston Hamdamov




JCH-2018dan quruq qolganimizdan so'ng terma jamoamiz deyarli bir yil bosh murabbiy izlaydi va 2018 avgustida munosib nomzod topiladi. Nomzod esa - argentinalik Ektor Kuper. Hozirgi kunda Suriya terma jamoasini boshqarayotgan Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasidagi dastlabki uchrashuvini aynan Suriyaga qarshi o'tkazgan edi. "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmagan.

06.09.2018

Stadion: "Bunyodkor"

O'zbekiston 1:1 Suriya

Gollar: Marat Bikmaev 64(penalti), Umar As-Soma 78

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal SHorahmedov, Egor Krimec, Ismoilov Anzur, Oleg Zoteev, Javlon Ibragimov, Otabek SHukurov, Sardor Rashidov, Marat Bikmaev, Husniddin G'ofurov, Ivan Nagaev

Zaxira: Eldor Suyunov, Murod Holmuhammedov, Islom To'xtaxo'jaev, Farrux Sayfiev, Igor Sergeev, Odil Ahmedov, Sanjar Quvvatov




2019 yili iyun oyida Suriyaga qarshi yana bir o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazganmiz. "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda Eldor SHomurodovning "dubli" terma jamoamizga g'alaba keltirgan edi.

11.06.2019

Stadion: "Bunyodkor"

O'zbekiston 2:0 Suriya

Gollar: Eldor SHomurodov 3,42

O'zbekiston: Eldor Suyunov, Farruh Sayfiev, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Davron Hoshimov, Odil Hamrobekov, Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Eldor SHomurodov, Oston Urunov, Quvondik Ro'ziev

Zaxira: Temurxo'ja Abduholiqov, Javohir Ilyosov, Hojiakbar Alijonov, Egor Krimec, Doston Tursunoq, Akrom Komilov



Suriyaga qarshi so'ngi uchrashuvimiz esa 2020 yilda bo'lib o'tgan. Pandemiya davridan so'ng terma jamoamiz BAAdagi yig'in doirasida Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishgan va kichik hisobda mag'lub bo'lishgan.

12.11.2020 

Stadion: "SHarja"

O'zbekiston - Suriya 0:1

Gollar: Al-Mavas Mahmud 58

O'zbekiston: Abduvohid Nematov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Azizjon G'aniev, Oybek Bozorov, Jaloliddin Masharipov, Lutfulla To'raev, Bobir Abdiholiqov, Igor Golban, Jamshid Iskanderov, Ibrohimhalil Yuldoshev


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика