So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  1 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  4 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

O'zbekiston va Portugaliya Professional futbol ligalari hamkorlikda ishlaydi Yangiliklar

O'zbekiston va Portugaliya Professional futbol ligalari hamkorlikda ishlaydi

O'zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun talablarni kuchaytirayotgani qayd etilgandi. Yani, kelasi yildan boshlab Superliganing har bir klubi o'z akademiyasi masalasiga jiddiy etibor qaratishi shart.

Bu borada tashkilot futbol akademiyalari rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalar o'rnatishda davom etmoqda. Yaqindagina O'zbekiston va Portugaliya Professional futbol ligalari o'zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishgandi. Mazkur ish yuzasidan PFL Xalqaro aloqalar bo'limi vakili Zohid Akramovni Portu shahriga jo'natdi.

Bugun — 23 iyul kuni PFL vakili avvaldan belgilangan uchrashuvga ko'ra Portugaliya Professional futbol ligasi ijrochi direktori Sonia Karneyru hamda Yuridik masalalar bo'yicha ijrochi direktor Jaou Martins bilan ko'rishdi. Endilikda Portugaliya Professional futbol ligasi marketing, media, klublar bilan ishlash, translyaciya va boshqa turli masalalar bo'yicha o'z mutaxassislarini O'zbekistonga yuborib, seminarlar tashkil qilish va o'z tajribasi bilan o'rtoqlashishga tayyor.

Qo'shimchasiga, “Portu” futbol klubi akademiyasi bilan ham hamkorlik qilish bo'yicha kelishib olindi. Dragon Force nomi bilan mashhur akademiya murabbiylari sentyabr–oktyabr oylarida O'zbekistonga tashrif buyurib, yosh futbolchilarga “Portu” metodikasi asosida futbol sirlarini o'rgatadi.

Malumot uchun, yaqindagina O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning imzosi bilan Superliga klublariga yangi shtat jadvallari taqdim etilgan bo'lib, unda futbol akademiyasi masalasi alohida o'rin tutgandi. 2019 yildan boshlab barcha klublar o'z akademiyasini yo'lga qo'yishga etibor qaratadi.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика