So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  116 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

O'zbekiston va CHernogoriyaning jahon chempionatiga chiqa olmayotgani, Abramovning qanday insonligi, "Lokomotiv"ni yaxshi ko'rishi haqida - Damir Koyashevich bilan katta intervyu Yangiliklar

O'zbekiston va CHernogoriyaning jahon chempionatiga chiqa olmayotgani, Abramovning qanday insonligi, "Lokomotiv"ni yaxshi ko'rishi haqida - Damir Koyashevich bilan katta intervyu

So'nggi vaqtlarda ijoddan biroz to'xtab qolgandim.

Asta-sekinlik bilan yana intervyular olishga harakat qilyapman. Bu safargi "o'ljam" 2015 yili 6 oy davomida "Lokomotiv" tarkibida o'ynagan Damir Koyashevich bo'ldi. Garchi, u O'zbekistonda yarim yilgina faoliyat olib borgan bo'lsa-da, chap oyog'idagi kuchli zarbasi, o'zining kreativligi bilan muxlislar etiboriga tushgandi. Ammo chernogoriyalik futbolchining O'zbekistondagi faoliyati unchalik muvaffaqiyatli bo'lmadi. CHempionatimizda 8 o'yinda qatnashgan futbolchi atigi 1 gol urdi holos. OCHLda esa 3 o'yinda 2tadan gol va assist qayd etdi. Internet orqali ushbu futbolchini suhbatga tortdik.

- Damir, salom. Yaxshimisiz. nimalar bilan bandsiz? Leo Messi kabi 36 yoshni urib qo'yibsiz.

- Salom. Rahmat, hamma ishlarim yaxshi. Hozir uyimda, CHerngoriyadaman. Biroz dam olyapman. Ammo futbolni tugatganim yo'q. SHu erdagi "Arsenal Tivat" nomli jamoada o'ynamoqdaman. Hali Evropa ligasi saralashida o'ynaymiz. Bir oy oldin 36 yoshga to'ldim. Biroq o'zimni yaxshi his qilyapman va futboldagi faoliyatimni davom ettira olishimga ishonaman.

- Siz Qozog'iston, Serbiya, CHernogoriya, Makedoniya kabi davlatlar chempionatlarida ham o'ynagansiz. O'zbekiston chempionati Siz o'ynagan boshqa chempionatlardan nimasi bilan farq qiladi?

- Ha, men juda ko'p davlatlar chempionatlarida ham o'ynadim, Polshada ham faoliyat olib borganman. O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko'p ekan deb bemalol ayta olaman. Men o'ynab yurgan paytlarda ham yosh futbolchilar juda ko'p edi. Ularning texnikasi ham yaxshi edi. Aytishim mumkinki, O'zbekiston chempionati Qozog'iston chempionatidan yaxshiroq. Umuman olganda, daraja bir-biriga yaqin, lekin baribir O'zbekiston chempionatida etibor yuqoriroq. Serbiya va CHernogoriyada esa qattiq futbol o'ynashadi, iqtidorlar esa deyarli yo'q. Yoshlar etishib chiqmay qo'ydi.

- "Lokomotiv"ni kuzatib boryapsizmi? Ayni damda jamoa Superligada emas.

- CHernogoriyada O'zbekiston va Qozog'iston chempionatlarini kuzatib borishadi. Men ham "Lokomotiv"ning natijalaridan boxabar bo'lib turdim. "Loko"da o'ynab yurgan paytlarimda tarkibda yaxshi futbolchilar, jamoa bor edi. Birgalikda Osiyo chempionlar ligasida o'ynagandik. Doimiy peshqadamlik qilgandik. Buning uchun klubda yaxshi pullar bor edi. O'zbekistondagi do'stlarim bilan yozishib turibman, ular "Loko"dagi hozirgi holat unchalik yaxshi emasligini, shu sababli jamoa yosharganini aytishdi. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. 

Klubda juda zo'r qarorgoh, stadion bor. U erda barcha shart-sharoitlarni yaratib qo'yishgan. Ammo pul oldingidek bo'lmaganidan keyin natija ham shunga yarasha bo'lib turibdi deb o'ylayman.

- Siz bizning chempionatda ko'p o'ynamagan bo'lsangiz-da, o'zingizning kreativ o'yiningiz bilan ajralib turardingiz. Lekin chempionatimizni nega erta tark etdingiz?

- Men o'ynagan davrda jamoani Vadim Abramov boshqarayotgandi. U juda og'ir murabbiylardan biri. Eski maktab desam bo'ladi. Jamoa bilan OCHLda 2ta gol va 2ta assist qayd etayotgandim, barchasi yaxshi edi. Keyin unga boshqa kuchlar tasir o'tkazishni boshladi. O'zi aslida men "Astana"dan 6 oyga ijaraga olingandim. Abramov men bilan 2 yillik shartnoma imzolanishini ham istagandi. To'g'risi, men bunga qarshilik qildim. "Astana"ga baribir qaytishim kerak edi va yakunda qaytdim.

- Keling, "Lokomotiv"ga o'tishingiz haqida gaplashaylik. Qay tariqa Toshkent klubiga borib qo'shilgandingiz?

- Vadim Abramov "Astana"ga murabbiy bo'lib kelganida men o'sha jamoada o'ynayotgandim. O'shanda u bizning yangi bosh murabbiy sifatida meni ko'rgandi. Keyinchalik u "Astana"dan ketdi va meni jamoasiga chaqirdi. "Lokomotiv"da o'ynab, jamoaga OCHLda yordam berishim kerakligini aytgandi. Marhamat, o'ynayman, dedim va Toshkentga keldim.

- "Lokomotiv" faoliyatingizdagi eng yomon klublardan biri emasmi?

- Unday demadim-ku. Faoliyatimdagi eng yaxshi klublardan biri, balki 3-4-o'ringa ham qo'yaman. Super shart-sharoitlari bor klub. SHunchaki Abramov bilan faoliyatim biroz o'xshamagan holos. 

- Tushunarli. "Lokomotiv" mavzusini yopamiz. Ushbu klubdan ketganingizdan keyin O'zbekistonga keldingizmi? Umuman olganda serquyosh o'lkamizning qaysi joylari Sizga ko'proq maqul kelgan?

- "Loko"dan ketganimdan keyin O'zbekistonga bormadim. Toshkentda o'ynaganim uchun u erda ko'p bo'lganman. Tog'li joylari ajabtovur edi. Boshqa viloyatlarida ko'p bo'lmaganim sababli boshqa biror joyni alohida ko'rsata olmayman. U erda men bormagan chiroyli joylar juda ko'p bo'lsa kerak.

- Qaysi jamoaga va futbolchiga muxlislik qilasiz?

- Hozir "Manchester Siti"ga. Eng sevimli futbolchim - Krishtianu Ronaldu. U men uchun dunyodagi eng zo'r, eng yaxshisi. U haqiqiy professional, musulmonlarni yaxshi ko'radi. Balki shu sabablidir unga etiborim yuqori.

- Agarda "Inter Mayami" Sizni chaqirsa, Messini eng yaxshisi deya olasizmi?

- Messini yomon demadim. U ham zo'r futbolchi. Futbolchi sifatida Messi va Ronaldudan birini yomon ko'rib bo'lmaydi. Ikkisidan ham o'rnak olish kerak. Men uchun shunchaki Ronaldu eng zo'ri. Ammo 36 yoshga kirdim. Meni endi "Inter Mayami"ga chaqirishmasa kerak (kuladi). Ona vatanimda yana ikki yil futbol o'ynab, keyin faoliyatimni tugataman. Ancha vaqt futbol o'ynadim, endi oilam bilan vaqt o'tkazmoqchiman.

- O'zbekiston ham, CHernogoriya termasi ham jahon chempionatiga chiqa olmayapti. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Og'ir savol. CHernogoriya termasi jahon chempionatiga hech qachon chiqa olmasa kerak. Hozir yaxshi futbolchilar, iqtidorlilar yo'q. CHunki yosh bolalar hozir ko'chadagi futbol emas, telefondagi internetga mukkasidan ketib qoldi. Hozirgi bolalar oldingidek emas. Menimcha, O'zbekistonda ham holat shunday. Hozir iqtidorlar kamayib ketayotganining sababi ham shu. SHu sababli yaxshi futbolchi ham, yaxshi murabbiy ham yo'q. O'z navbatida natija ham tushib ketmoqda.

- "Kim futbol o'ynasa, o'sha tanqid qilishi mumkin". Bazida futbolchilarni tanqid qilsak, ular shu iborani ishlatishadi. Bu gap to'g'rimi?

- Bir tomondan to'g'ri. Jurnalistlarning barcha tanqidlari ham o'rinli bo'lavermaydi. Masalan, men Sizning maqolangiz uchun tanqid qilishim mumkin, biroq mening gapimni baribir qilmaysiz va o'zingiz bilgandek yozaverasiz. Hozir hamma futbol o'ynashni biladi va o'zidan murabbiy yasab olgan. Aslida buning yomon joyi yo'q. SHunchaki futbolni shunchaki tanqid qilish va tushunib tanqid qilishning tafovuti bor.

- So'nggi savol. Agarda futbolchi bo'lmaganingizda...

- Bilmadim. O'zimni sportdan boshqasida tasavvur ham qilib ko'rmaganman. Balki boshqa sport turida bo'lgan bo'lardim.

- Savolni to'g'rilaymiz. Futbolni tugatsangiz nima qilasiz?

- Baliq tutishni yaxshi ko'raman. Bu mening xobbim. Balki yaxshi baliqchi bo'larman.

- Damir, qiziqarli suhbat uchun rahmat.

- Sizga ham katta rahmat.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика