O'zbekiston U-23 Ummonga qarshi uchrashuv oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
14 jan 2018 22:15
Yangiliklar
O'zbekiston U-23 Ummonga qarshi uchrashuv oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
Uchrashuv bo'lib o'tadigan Jiyangyindagi stadionga qarashli maydonda o'tkazilgan rasmiy mashg'ulot O'zbekiston olimpiya termasi uchun OCH “A” guruhidagi 3-tur o'yini oldidan tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.
Ushbu mashg'ulotlarda terma jamoadagi barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Ilk uchrashuvda jarohat olgan terma jamoa himoyachisi Akrom Komilov ham hozirda mashg'ulotlarga qo'shilgan va umumiy tarzda shug'ullanmoqda.
Bugun futbolchilar asosan uchrashuvda qo'llaniladigan taktika va ayrim standartlar bo'yicha mashqlar olib borishdi. Deyarli ikki soatga yaqin vaqt davomida olib borilgan mashg'ulotlardan so'ng terma jamoa bugun kechasi nazariy mashg'ulotlarni davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi terma jamoa ertaga OCH 3-turida Ummonga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.
Fikrlar