O'zbekiston U-20 terma jamoasi ustozi: "Penaltilardan foydalanishni ko'p marotaba mashq qilgandik"
24 fev 13:12
Yangiliklar
O'zbekiston U-20 terma jamoasi ustozi: "Penaltilardan foydalanishni ko'p marotaba mashq qilgandik"
O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov chorak final doirasidagi Koreya Respublikasi – O'zbekiston (3:3, penaltilar bo'yicha – 3:1) uchrashuvidan keyin fikrlarini bildirdi.
Mutaxassis mag'lubiyatga qaramay, jamoasining turnirdagi umumiy ishtirokdan mamnunligini takidladi.
"Yakunda natija bizning foydamizga hal bo'lmagan bo'lsa-da, futbolchilarim juda yaxshi o'yin ko'rsatdi.
Biz penaltilardan foydalanishni ko'p marotaba mashq qilgandik, lekin bazida futbol shunday, hammasi sen xohlaganingdek bo'lavermaydi.
O'yindan o'yinga kuchayib bordik. Agar bu o'yinda g'alaba qozonganimizda, balki yana chempion bo'lishimiz mumkin edi. Umuman olganda, men bu erda o'tkazgan to'rtta o'yinimizdan juda mamnunman”, – dedi Nishonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar