So’nggi yangiliklar

22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  16 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  31 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3

O'zbekiston U-17 bosh murabbiyi poytaxt va vodiydan so'ng Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga safar uyushtiradi Yangiliklar

O'zbekiston U-17 bosh murabbiyi poytaxt va vodiydan so'ng Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga safar uyushtiradi

Xabaringiz bor, Otabek G'ulomxo'jaev O'zbekiston U-17 terma jamoasiga masul etib tayinlangan edi.

Ushbu mutaxassis boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi kelasi yil U-18 termasi sifatida yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatining saralash turnirida ishtirok etadi.
 
Ayni paytda Otabek G'ulomxo'jaev O'zbekiston U-17 terma jamoasi tarkibini shakllantirish borasida ish olib bormoqda. Murabbiy terma jamoaga nomzod futbolchilar o'yinlarini kuzatmoqda. 150 nafardan ziyod iqtidorli futbolchilar ro'yxatini hamda yil yakuniga qadar bo'lgan ish rejasini O'FAga taqdim etgan Otabek G'ulomxo'jaev avgust oyi avvlida Toshkent, Qo'qon va Namangan shaharlarida terma jamoaga nomzod o'yinchilar ishtirokidagi uchrashuvlarni borib ko'rgan edi.
 
Endi mutaxassis Buxoro hamda Qarshi shaharlarida ham terma jamoaga nomzod futbolchilar o'yinlarini kuzatadi. Ertaga “Buxoro” jamoasining U-18 hamda yoshlar tarkibi o'rtasida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi. Indinga esa Qarshi shahrida “Nasaf” va “Mashal” jamoalarining 2001-2002 yillarda tavallud topgan futbolchilari ishtirokida o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi. Mana shu uchrashuvlar davomida Otabek G'ulomxo'jaev hamda uning murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod bo'lgan o'yinchilar harakatini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
 
Takidlash joizki, ushbu yosh toifasidagi terma jamoamiz kelasi yil U-18 termasi sifatida yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatining saralashida ishtirok etadi. Oldinda shuningdek, 2020 yil U-19 Osiyo CHempionatining final bosqichi, 2021 yilda esa yoshlar o'rtasidagi U-20 Jahon CHempionati kabi nufuzli musobaqalar mavjud. Mazkur turnirlarga munosib hozirlik ko'rish maqsadida yil so'nggiga qadar Otabek G'ulomxo'jaev jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etishi ham ko'zda tutilgan. Jumladan, shu yilning 10-15 oktyabr kunlari Ispaniyaning Malaga shahrida xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi. Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi terma jamoa mazkur musobaqada Franciya, Belgiya va SHotlandiyaning U-21 terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика