So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  15 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  33 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

O'zbekiston U-16 o'smirlari ikkinchi o'yinda ham BAA o'smirlariga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 o'smirlari ikkinchi o'yinda ham BAA o'smirlariga mag'lub bo'ldi

Dubay shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 24 aprel kuni BAA o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi ayni damda BAAning Dubay shahrida yig'in o'tkazayotgani haqida xabar bergan edik. 20-26 aprel kunlari oralig'ida o'tkaziladigan yig'in davomida Olimxo'jaev shogirdlari BAA U-16 o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan edi. 22 aprel kuni ikkala terma jamoa o'zarok ilk o'yinda maydonga tushishgan va uchrashuv BAA U-16 o'smirlar terma jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi. 24 aprel, payshanba kuni, terma jamoalar o'zaro ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi.

Dubay shahrida bo'lib o'tgan ikkinchi uchrashuv ham ancha qiziqarli kechdi. O'yinning birinchi bo'limida o'zbekistonlik o'smirlar hisobda oldinga chiqib olishdi va birinchi bo'lim O'zbekiston o'smirlarining g'alabasi bilan yakuniga etdi. Ikkinchi bo'lim boshida BAA U-16 o'smirlari penaltidan hisobni tenglashtirishdi. Teng kurashlar ostida kechgan o'yinning so'nggi daqiqalarida amirlik o'smirlar ikkinchi golni kiritishdi va o'yin 2:1 hisobida BAA U-16 o'smirlarining g'alabasi bilan tugadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida ishtirok etadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
 24 aprel. Dubay.
 BAA (U-16) – O'zbekiston (U-16) 2:1.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика