So’nggi yangiliklar

13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  5

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi

Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Dubay shahridagi yig'inini yakunlab Toshkentga qaytib keldi.
SHu yilning sentyabr oyida o'tkaziladigan o'smirlar (U-16) o'rtasidagi Osiyo CHempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi 20-26 aprel kunlari BAAning Dubay shahrida yig'in o'tkazdi. Yig'in davomida Olimxo'jaev shogirdlari BAA U-16 o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Dastlab, 22 aprel kuni o'tkazilgan ilk o'yinda BAA o'smirlar termasi 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, 24 aprel kuni o'tkazilgan ikkinchi uchrashuv ham amirlik o'smirlarning g'alabasi bilan yakunlandi - 2:1.

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Osiyo CHempionatiga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi va may oyining ohirida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo'lib o'tadigan Kaspiy Kubogi musobaqasiga yo'l oladi. Temur Olimxo'jaev shogirdlarining Kaspiy Kubogidagi raqiblari haqida avvalroq malumot bergan edik.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida ishtirok etadi. Qura natijalariga ko'ra, Olimxo'jaev shogirdlari musobaqaning S guruhida Kuvayt, Nepal va KXDR o'smirlariga qarshi maydonga tushadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика