So’nggi yangiliklar

08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  2 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  16 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2 06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  19 02:05ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди  112 00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  1 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  27 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   26 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   13 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0

O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vladimir Salkov vafot etdi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vladimir Salkov vafot etdi

O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vladimir Salkov 83 yoshida vafot etdi.

Vladimir Maksimovich Salkov 1937 yilning 1 aprel kuni Ukrainaning Doneck shahrida tug'ilgan. Futbolchi sifatida Salkov 1960-1968 yillarda Doneckning "SHaxtyor" klubida o'ynagan.

Murabbiylik faoliyati davomida "Metallurg" (Jdanov), "SHaxtyor" (Doneck), "Torpedo" (Moskva), SSSR olimpiya va milliy terma jamoasi, "Rotor", Rossiya olimpiya terma jamoalarida ishlagan. 2001 yil O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. Uning qo'l ostida terma jamoamiz 19ta o'yin o'tkazib 10ta g'alabaga erishgan 3ta durang o'ynagan va 6 bor mag'lub bo'lgan. So'nggi yillarda Salkov Moskvaning CSKA klubi sport direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

2000 yilgi sharmandali Osiyo kubogidan so'ng federaciyada katta o'zgarishlar bo'lgandi. O'FF bosh kotibi Zokir Qurbonovning o'rnida Baxtiyor Rahiimov ish boshlagan. U esa o'z navbatida milliy jamoani tubda isloh qilgan. Bosh murabbiylikka Rossiyadan Vladimir Salkovni taklif qilgandi. Uning ketidan bir qator xorijlik futbolchilar Aleksey Dionisiev, Vladimir Maminov, Oleg Pashinin, Aleksey Polyakov, Georgiy Georgiev mahalliylashtirildi.

Vladimir Salkov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 2001 yil Malayziyada tashkil etilgan "Merdeka kubogi"da ishtirok etgandi. Baxtiyor Hamidullaevning so'nggi daqiqalarda urgan “oltin goli” g'oliblik olib kelgandi. JCH–2002 birinchi saralash bosqichi o'yinlari Toshkent va Iordaniyada bo'lib o'tgan. Terma jamoamiz birinchi saralashda birinchi o'rinni olib hal qiluvchi bosqichga chiqqandi. Xitoy, BAA, Ummon, Qatar bilan bir guruhdan joy olgan terma jamoamiz so'nggi turdan oldin Ummon bilan safardagi uchrashuvda 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda 2:4 hisobida mag'lub bo'lishadi. Bu esa Salkovning istefosiga sababchi bo'lgandi.

Salkovni ko'pchilik o'ta qattiqo'l, talabchan va jahldor murabbiy sifatida eslaydi. U matbuot anjumanlarida jurnalistlarni va futbolchilarni ochiqichasiga tanqid qilardi.


Vladimir Salkov tepada o'ngdan uchinchi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика