So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

O'zbekiston terma jamoasi rasmiy mashg'ulot o'tkazdi (FOTO) Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi rasmiy mashg'ulot o'tkazdi (FOTO)

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Tailandga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan "Bunyodkor" stadionida rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi.


Rasmiy mashg'ulotda yig'inga jalb etilgan 28 futbolchidan 25 nafari ishtirok etdi.

"Nasaf" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov sog'lig'i tufayli terma jamoa lagerini 1 iyun kuni tark etgandi.

Hozircha legionerlardan faqatgina Anzur Ismoilov va Fozil Musaev yig'inga qo'shilgani yo'q.

Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov esa bugundan mashg'ulotlarga kirishdi. Ahmedov bugungi mashg'ulotni yakka tartibda o'tkazdi.


Bugungi mashg'ulotda kichik jarohati saba Davron Hoshimov katta yuklamali mashqlarda ishtirok etmadi. Hoshimov ertangi bahsda maydonga tushmaydi. Davron Hoshimov Eronga qarshi bellashuvga qadar tiklanishi va safga qaytishi kutilmoqda.

Katta ehtimol bilan ertangi uchrashuvda o'ng qanot himoyasida katta tanaffusdan keyin terma jamoadan taklif olgan "Nasaf" himoyachisi Akmal SHorahmedov o'ynashi mumkin.

O'zbekiston va Tailand terma jamoalarining rasmiy mashg'ulotida benazir kadrlarni "ovlagan" Tolibjon Qosimov, ertaga chiroyli fotogalereyani taqdim etadi.

SHuningdek, terma jamoamizning rasmiy mashg'ulotini video tasvirga tushirgan Zoir Tursunboev ham ertaga ajoyib rolikni siz aziz muxlislarga ulashadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика