O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida Malayziyada Urugvay bilan o'ynaydi
30 avg 12:45
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida Malayziyada Urugvay bilan o'ynaydi
Lotin Amerikasi vakili raqibimiz bo'lishi aniq bo'ldi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyoragarlik jarayonida bir qator kuchli raqiblarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni reja qilgan.
"Oq bo'rilar" oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Malayziyada Urugvay bilan o'rtoqlik o'yinida qatnashadi. Bahs ushbu mamlakatning Johor shahrida 13 oktyabr sanasida o'tkaziladi. "Sulton Ibrohim" stadioni esa bellashuvga mezbonlik qiladi.
Malumot uchun, vakillarimiz bunga qadar 2018 va 2019 yillarda ikki marotaba Urugvayga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga chiqqan. Bunisi uchinchi qarama-qarshilik sifatida tarixga kiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar