So’nggi yangiliklar

13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6

O'zbekiston MTJ tarkibi elon qilindi. Bu safar Yaxshiboev ham chaqirilgan Yangiliklar

O'zbekiston MTJ tarkibi elon qilindi. Bu safar Yaxshiboev ham chaqirilgan

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 sentyabr kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.

Jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichi doirasida 5 sentyabr kuni KXDRni qabul qilsa, 10 sentyabr kuni safarda Qirg'iz Respublikasiga qarshi maydonga tushadi.

Narzulla Saydullaev taxmini: Katanec sentyabr oyida terma jamoaga kimlarni chaqiradi?

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar — O'tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi").

Himoyachilar — Umar Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya), Farruh Sayfiev ("Navbahor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), SHerzod Nasrullaev ("Nasaf"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar — Otabek SHukurov ("Kayserispor", Turkiya), Abdulla Abdullaev ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Aziz Turg'unboev ("Sivasspor", Turkiya), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Jamshid Iskanderov ("Navbahor").

Hujumchilar — Eldor SHomurodov ("Roma", Italiya), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Azizbek Amonov ("Neftchi"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Abbosbek Fayzullaev (CSKA, Rossiya), Jasur Yaxshiboev ("Ordabasi", Qozog'iston), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Oston O'runov ("Persepolis", Eron).


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика