O'zbekiston MTJ sobiq bosh murabbiyi: "O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishi hayratlanarli"
24 mar 11:58
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ sobiq bosh murabbiyi: "O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishi hayratlanarli"
"O'zbekiston yoshlar terma jamoasi so'nggi paytlarda ancha kuchayib, Olimpiadada ham qatnashdi. Mamlakatda yoshlar futboli bo'yicha ko'p ish olib borilmoqda, endi ular ulg'ayishdi – bu ish asosiy jamoada ham o'z aksini topdi. Ayrim futbolchilar allaqachon Evropada o'ynayapti – o'sha Husanov va Shomurodov. Bir tomondan, O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishi hayratlanarli bo'lsa, ikkinchi tomondan, shunday bo'lishi ham kerak. Bu yaxshi ishning natijasi va ajoyib yutuq bo'ladi", – dedi 81 yoshli Nepomnyashiy.

Rossiyalik mutaxassis 2006 yilda O'zbekiston terma jamoasiga murabbiylik qilgan va futbolchilarni 6 o'yinda maydonga boshlab tushgan.
Jahon chempionati saralashi guruh bosqichining etti uchrashuvidan so'ng O'zbekiston ochkolari sonini 16 taga etkazib, "A" guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda. Terma jamoa ertaga Eronga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yin 21:00 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar