O'zbekiston MTJ mashg'ulotlarga kirishdi
03 iyu 19:05
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ mashg'ulotlarga kirishdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun "Jar" stadionida Toshkentdagi mashg'ulotlarini boshladi.
Unda yig'inga jalb etilgan deyarli hamma futbolchilar qatnashishdi.
Mashg'ulotlarda faqat Jaloliddin Masharipov ko'rinish bermadi. Malumotlarga ko'ra, u ertadan boshlab yig'inga qo'shiladi.
Malumot uchun, milliy jamoa iyun oyidagi FIFA kunlarida JCH 2-saralash bosqichining so'nggi ikki uchrashuvida Turkmaniston va Eronga qarshi bahs olib boradi. Turkmaniston bilan o'yin 6 iyun kuni Toshkentda bo'lib o'tsa, Eron bilan uchrashuv 11 iyun kuni Tehronda o'tkaziladi.
Fikrlar