So’nggi yangiliklar

16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  0 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  73 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  93 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0

Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi sifatida savollarga javob qaytardi (batafsil) Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi sifatida savollarga javob qaytardi (batafsil)

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirda terma jamoa bosh murabbiyi OAV hodimlariga javob qaytardi.

- 14 noyabrda bo'ladigan BAAga qarshi o'yinga bugundan tayyorgarlikni boshladik. Yig'inga chaqirilgan barcha futbolchilar etib keldi. Ularning barchasini sog'ligi joyida. Bu borada ular bilan gaplashdik. Reja bo'yicha ertaga ham Toshkentda mashg'ulotlarni olib boramiz. Keyin esa BAAga uchib ketamiz. Terma jamoaga futbolchilarni chaqirishda avvalo tajriba, hozirgi optimal sport formasi va kelajakda terma jamoa uzagini tashkil qiladigan yoshlarga etibor qaratdik. Barcha futbolchilar o'yinga tayyor. BAAga qarshi o'yinda munosib harakat qilamiz, deb o'ylayman.

BAA bugun Gaiti bilan o'ynaydi. Ushbu o'yin orqali raqibni o'rganamiz.

Men shaxsan murabbiy sifatida har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilaman. Raqibni o'rgandik. Ularni oxirgi uchta uchrashuvini ko'rib chiqdik. Biz futbolchilarga nazariy mashg'ulot tayyorlagandik, ammo bunga ehtiyoj qolmadi. CHunki jalb qilingan futbolchilarning deyarli yarmidan ko'pi yangi. BAAda ham bosh murabbiy va futbolchilar taklif qilingan.

- BAAga qarshi O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida birinchi o'yiningizni o'tkazasiz. Bu tarixda qoladi. So'ramoqchi bo'lganim, Sergeev nega terma jamoaga chaqirilmadi?

- Igor Sergeevni mahoratiga shubha yo'q. Ammo hozirgi kunda u juda kuchli bosim ostida qolgan. SHu boisdan ushbu kichik tanaffus uning foydasiga xizmat qiladi, deb o'ylayman. Murabbiy sifatida Igor Sergeevning mahoratiga shubha qilmayman.



- Murabbiylar shtabida kimlar sizga yordam berishadi?

- Menga klubdagi yordamchilarim ko'maklashishadi. SHuhrat Toshpo'latov va Denis Ivankov. Men ularni imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman va ular bilan ishlash men uchun qulay. SHu boisdan terma jamoaga ham yordamchilarimni jalb qildim.


- BAA bilan o'yinda siz uchun nima muhim: Natija yoki jamoani shakllantirish?

- Ikkisi ham muhim. Bir narsani unutmanglar, men terma jamoaga vaqtincha bosh murabbiyman. Bu haqda ko'p aytilmoqda. O'ylaymanki, O'FFning uzoq o'ylab qo'ygan rejalari bor. Taklif qilingan tarkibimizdan ko'rinib turibdiki, faqat bu o'yin haqida o'ylamadik, balki kelajak borasida qayg'urdik. SHu boisdan bu o'yin natijasi ham, kelajak uchun qilinadigan poydevor ham birdek muhim.

- Sizni hozircha vaqtincha bosh murabbiyi deb aytildi. Umuman siz murabbiy sifatida kelajakda terma jamoani mahalliy mutaxassis ishlagani maqulmi yoki xorijdan yuqori malakali murabbiy kelgani yaxshimi? Agarda sizga terma jamoani boshqarish taklif etilsa bunga qanday qaraysiz?

- Men bu savolga avval ham xorijdan kuchli mutaxassis kerakligini aytganman. Umuman olganda, kim bo'lishidan qatiy nazar katta tajriba ega mutaxassis ishlagani maqul.
Bizga xorijdan kuchli mutaxassis ishlash vaqti kelgandir. SHu uchun o'z fikrimda qolaman. Agarda kuchli, yuqori salohiyatga ega mutaxassis topilsa xorijdan murabbiy kelgani yaxshi.
Menga agar butunlay boshqarishni taklif etishsa? Buni vaqt ko'rsatadi. Hozirda terma jamoaning oldida rasmiy o'yinlar yo'q. Agarda taklif bo'lsa, albatta bunga yo'q demayman. Terma jamoaga yordam berishga doim tayyorman.


Reyting: +102   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика