So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  15 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  31 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

O'zbekiston Milliy antidoping agentligi 4 paralimpiyachidan doping chiqqani haqida rasmiy bayonot berdi Yangiliklar

O'zbekiston Milliy antidoping agentligi 4 paralimpiyachidan doping chiqqani haqida rasmiy bayonot berdi

Teglar :  Antidoping
O'zbekiston Milliy antidoping agentligi ayrim manbalar orqali o'zbekistonlik 4 nafar paralimpiyachi doping sabab diskvalifikaciya qilingani haqidagi xabarlariga nisbatan munosabat bildirdi.

«Ushbu xabarlarda nomlari tilga olingan sportchilar 2018-2019 yillarda diskvalifikaciyaga uchragan. Ularda doping aniqlangani haqida o'z vaqtida O'zbekiston Milliy antidoping agentligining rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida elon qilingan. Hozirda ushbu atletlar butunlay sportni tark etishgan. Afsuski, bu xabarlar ommaviy axborot vositalarida biroz noto'g'ri talqin qilindi.

Malumki, bugungi kunda o'zbekistonlik paralimpiyachilar dunyoning kuchli o'nligiga kiradi. Bu bir tomondan g'urur bag'ishlaydi, albatta. Lekin, ikkinchi tomondan bu holat paralimpiya sportchilari zimmasiga katta masuliyat yuklashini ham unutmasligimiz lozim. Boisi, WADA (Butunjahon antidoping agentligi) yuqori natijalar qayd etayotgan mamlakat sportchilarini doimiy tarzda tekshiruvga oladi. SHu bois har qachongidan ham hushyorroq bo'lishimiz talab etiladi.

Xulosa o'rnida shuni takidlashimiz lozimki, doping aniqlangan har qanday o'zbekistonlik sportchi to'g'risida malumot O'zbekiston Milliy antidoping agentligining rasmiy manbalari orqali muntazam elon qilinadi».

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика