So’nggi yangiliklar

10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  10 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" 9:0 hisobida yutgani foydasizmi? "Nasaf" 1:0 hisobida yutsa, keyingi bosqichga chiqadimi? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" 9:0 hisobida yutgani foydasizmi? "Nasaf" 1:0 hisobida yutsa, keyingi bosqichga chiqadimi?

Bugun O'zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi bahslar start oldi.

"H" guruhidagi vaziyat bo'yicha ko'pchilik juda ko'p savol bilan murojaat qilmoqda. Oxirgi turda "Paxtakor", OKMK va "Nasaf"ning ochkolari teng bo'lib qolsa dastlab nimaga qaraladi? Keyingi bosqichga kimlar chiqadi?



Reglamentga ko'ra, ikki va undan ortiq qatnashchi to'plagan ochkolar teng bo'lib qolsa, ularning o'rni quyidagi ketma-ketlik bo'yicha aniqlanadi:
1.o'zaro uchrashuv(lar) natijasiga ko'ra;
2.o'zaro uchrashuvlarda olingan ochkolar natijasiga ko'ra;
3.o'zaro uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;
4.barcha uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;
5.barcha uchrashuvlarda urilgan to'plar soniga ko'ra;
6.barcha uchrashuvlarda raqib maydonida urilgan to'plar soniga ko'ra;
7.barcha uchrashuvlarda erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;
8.barcha uchrashuvlarda safar o'yinlarida erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;
9.barcha uchrashuvlarda uy o'yinlarida uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks tasiriga ko'ra.




Bizning holatimizda aytaylik "Nasaf" "Paxtakor"ni bitta to'p farqi bilan yutdi (1:0, 2:1, 3:2 va hokazo) va ochkolarini 6 taga etkazib oldi. OKMK esa "Navoiy FA"ni istalgan hisobda mag'lub etdi va ochkosini 6 taga etkazdi.  

Bunday holatda uchta klubda ochkolar soni 6 tadan bo'ladi va aynan mana shu uchta klubning o'zaro o'yinlari hisoblanadi. "Navoiy FA"ga qarshi bahslar olib tashlanadi.

Etiborlisi yuqoridagi reglamentning dastlabki uchta qatoridagi barcha ko'rsatkichlar teng bo'ladi:


"Paxtakor" 3 ochko, to'plar farqi 0
OKMK 3 ochko, to'plar farqi 0
"Nasaf" 3 ochko, to'plar farqi 0

Endi reglamentning to'rtinchi qatoriga o'tamiz: barcha uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra; Bunday holatda "Navoiy FA"ga qarshi bellashuvlar ham o'z kuchida qoladi va guruhdagi umumiy to'plar farqiga qaraladi.

Ayni paytda vaziyat bunday:


"Paxtakor" to'plar farqi +10
"Nasaf" to'plar farqi +3
OKMK to'plar farqi 0

"Nasaf" bitta to'p farqi bilan yutsa +4 bo'ladi, "Paxtakor"da esa +9 ga aylanadi. Yani "sherlar" Karmanaga asosiy futbolchilarni olib borib yirik hisobda yutgani shu joyda as qotadi.

Demak hamma gap OKMK - "Navoiy FA" uchrashuvida qoladi. Olmaliq klubi keyingi bosqichga chiqishi uchun imkon qadar yirikroq hisobda yutishi talab etiladi.

Har qanday holatda ham, 13 may kungi bahslarni diqqat bilan kuzatish kerak bo'ladi.



Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
13 may 16:03:48
QASHTEL
Насаф 2 та туп фарки Билан ютса хеч ким бошини котирмайди
+1   
13 may 17:15:03
Özil10
Manimcha Nasafga kubok keremas chempionlar ligasi uchun qurbon qsa kere yana o’tkan yilga o’xshab
   
13 may 22:32:18
Pakhtakor
QASHTEL foydalanuvchining fikriga javob berish
Насаф 2 та туп фарки Билан ютса хеч ким бошини котирмайди
Бош котириш шарт бу́ми колди
   
13 may 22:31:45
Pakhtakor
QASHTEL foydalanuvchining fikriga javob berish
Насаф 2 та туп фарки Билан ютса хеч ким бошини котирмайди
Бош котириш шарт бу́ми колди
   
13 may 19:19:40
Obidjon
Bizni OʻFF ham xuddi OFK ga oʻxshaydi. Tepada puli bor lekin futbolni umuman tushunmaydigan gʻalchalar oʻtiribdi. Nasaf ikkita asosiy raqibi maydonida oʻynab bitta autsayderni oʻzida qabul qilyapti. Guruh boʻlgandan keyin javob oʻyinini tashkil qilmaysanmi? Umuman mantiq yoʻq reglamentlaringda .
   
13 may 18:59:38
Hokim Isomiddinov
Nasaf 2:0 ga yursa o'zi bilan birga OKMK ni keyingi bosqichga olib chiqib ketadi, Paxtakor qolib ketadi.
   
13 may 18:56:59
Hokim Isomiddinov
Абдулазиз Кодиров foydalanuvchining fikriga javob berish
Кучлисини Андижонда кутамиз.!
Andijon kubokdan chiqib ketdiyu
   
13 may 18:06:00
Абдулазиз Кодиров
Кучлисини Андижонда кутамиз.!
   
13 may 17:52:48
ArsaBarsa
Nasaf guruhdan chiqadimi yo’qmi baribir kurash bo’ladi. O’zaro o’yinda qattiq kurashadigan raqiblarga aylanib boryapti ikkala jamoa. Bu yerda o’zaro o’yin deb qaralsa kerak. Guruhdan chiqish undan keyingi masala.
   
13 may 17:39:46
Xojakbar Xaitov
Özil10 foydalanuvchining fikriga javob berish
Manimcha Nasafga kubok keremas chempionlar ligasi uchun qurbon qsa kere yana o’tkan yilga o’xshab
Агар керемас буса 3-составни туширади кере булса оснавной составни туширади шундан билиб оламиз
   
13 may 17:22:38
Зулунов Абдумуталлиб Адилович
Кучли ютсин зур бир жамоа кубокдан чикиб кетади. Хаммага омад. Андижондан
   
13 may 17:08:20
dessi anvar
қайси томондан қарасанг ҳам Насаф тошкент клубларига азроил бўлиб кўринади , ўтган йил Насафни иккита водий клубини орасига жойлаб қўйганди бу йил иккита тошкент клубига қарши қўйибди , бошқа гуруҳларга қарасангиз буни тушунасиз
   
13 may 16:24:31
Alixon Qodirov
Nasaf ikkita uyinni mehmonda utkazar ekan, sal galati emasmi
   
13 may 16:11:01
Tilla
Пахтакор Насафни ютади ва хисоб китобларга у́рин колмайди Инша Аллох
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика