O'zbekiston Kubogi. "Lokomotiv" 6 ochko to'plagan bo'lsada guruhda qolib ketdi, "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" keyingi bosqichda
21 may 2025 19:48
Yangiliklar
O'zbekiston Kubogi. "Lokomotiv" 6 ochko to'plagan bo'lsada guruhda qolib ketdi, "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" keyingi bosqichda
O'zbekiston Kubogining "F" va "G" guruhlarida 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
"F" guruhining etakchilari hisoblangan "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" o'zaro to'qnash kelishdi. So'nggi daqiqalarda urilgan gol Farg'ona klubini keyingi bosqichga olib chiqdi, navoiyliklar mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, avvalgi ikki bahsdagi g'alabalar evaziga 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni band qilishdi.
"Zamin" va "Andijon FA" guruhda qolib ketishdi.

"G" guruhida 3-tur o'yinlaridan so'ng qiziq vaziyat yuzaga keldi. "Lokomotiv" mehmonda "Bunyodkor"ni taslim qildi, "Buxoro" esa "Namangan FA" darvozasiga javobsiz 5ta gol urdi. Shunday qilib, 3 ta jamoada ("Buxoro", "Lokomotiv" va "Bunyodkor") 6 ochko bo'lib qoldi. O'zaro o'yinlardagi natijaga ko'ra "Buxoro" va "Bunyodkor" keyingi bosqichga yo'l olishdi.

O’xshash yangiliklar
23:28
Angliya kubogi. Sensaciya qayd etilmadi, "Arsenal" uchinchi divizion jamoasini tor-mor keltirdi 4
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar