O'zbekiston CHempionati va Kubogi uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi
09 fev 2018 11:43
Yangiliklar
O'zbekiston CHempionati va Kubogi uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi
Superliga, Pro-Liga va O'zbekiston Kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionning o'zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o'z ro'yxati (“zayavka”lari)ni 9 fevral kunidan 20 fevralgacha O'zPFL matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari talab etiladi.
Akkreditaciya “zayavkasi” namunasi va talablari bilan O'zPFL rasmiy saytining «Hujjatlar» bo'limidagi «Akkreditaciyadan o'tkazish tartibi» faylini ko'chirib olish orqali tanishishi mumkin.
Malumot o'rnida, 2013 yildan O'zPFL Matbuot xizmati tomonidan «Akkreditaciyadan o'tkazish tartibi» ishlab chiqilgan bo'lib, unda jurnalistlarga akkreditaciya berishda ular ishlaydigan OAVning muhimlik darajalari belgilab chiqilgan. Jumladan, O'zbekiston qonunchiligiga asosan ro'yxatdan o'tgan va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo'lgan sportga ixtisoslashgan internet-nashrlarining muhimlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi.
Takidlash lozim, ushbu mavsumdan boshlab, barcha turdagi akkreditaciya kartalari faqat O'zPFL matbuot xizmati tomonidan beriladi.
Fikrlar