So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  1 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

O'zbekiston "Borussiya"ning qaysi tarkibi bilan o'ynaydi? Yangiliklar

O'zbekiston "Borussiya"ning qaysi tarkibi bilan o'ynaydi?

Jahon chempionati saralash bosqichining eng muhim ikkita o'yiniga jiddiy tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston terma jamoasi Avstriyada yig'in tashkil qiladi.

Mazkur yig'in 17-23 iyul kunlari bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, yig'in davomida Germaniya bundesligasi vakili "Borussiya" Dortmund bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish ham belgilab qo'yilibdi. Ammo bu o'yin qaysi kuni bo'lib o'tishi haqida bizda malumot yo'q.

SHu o'rinda bir savol tug'iladi: biz "Borussiya"ning qaysi tarkibi bilan o'ynaymiz? Asosiy tarkibmi, o'rinbosarlari jamoasi bilanmi yoki umuman boshqa tarkibmi? "Borussiya"ning asosiy tarkibi iyul oyida o'tkazadigan o'rtoqlik uchrashuvlarini malum qildi va raqiblar orasida O'zbekiston degan gap yo'q.

"Borussiya"ning o'rtoqlik o'yinlari:
11 iyul. "RV Essen" - "Borussiya"
15 iyul. "Urava Reds" - "Borussiya"
18 iyul. "Milan" - "Borussiya"
22 iyul. "Boxum" - "Borussiya"
28 iyul. "Borussiya" - "Espanol"



Bundan ko'rinib turibdiki, bizga "Borussiya" Dortmundning boshqa tarkibi, masalan yoshlari raqiblik qilishi mumkin. CHunki asosiy tarkib boshqa klublar bilan o'ynayotgan bo'ladi. Aslini olganda, bizga mana shu Avstriya yig'ini kerakmi? Klublarni-ku tushunsa bo'ladi, ularga bir-ikki haftalik yig'inlar kerak. Lekin terma jamoani iyul oyida yig'ishdan hech qanday mano ko'rmayapmiz.

Hozircha futbolchilarni terma jamoadan biroz uzoqda ushlab ularga dam bergan maqul. CHunki terma jamoa nomini eshitib ko'pchilikning yuragi bezillaydigan bo'lib qolgan. Futbolchilar iyul oyida terma jamoadan uzoq bo'lsin, yaxshisi ular klublari bilan ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rsa shu ko'proq foyda beradi.

Xitoyga qarshi o'yin 31 avgust kuni bo'lib o'tishini inobatga olsak, Samvel Babayan iyulda jamoani yig'ib nima foyda ko'rishi mumkin, hayronmiz. O'zi shundoq ham avgustda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Avgustdagi yig'in 20-dan boshlanar ekan. 24 yoki 25 avgust kuni Toshkentda birorta terma jamoaga qarshi o'rtoqlik o'yini tashkil etiladi. SHunday ekan, iyuldagi yig'in nima beradi? Undan ko'ra, tanqidlar rosa avj olgan ayni hozirgi paytda futbolchilarni terma jamoadan uzoqda tutgan maqul emasmi?

X.Xoliqov.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика